Seabreeze Partners Management xej fondi rahbari Dag Kass Apple boş direktori Tim Kukning iste'fosini talab qilmoqda, deb xabar qilmoqda PhoneArena.

Kassning ta'kidlaşiça, kompaniyani Tim Kuk boşqarar ekan, u heç qaçon iPhone 6 muvaffaqiyatini takrorlamaydi. Uning aytişiça, kompaniya rahbariyati Stiv Jobsga öxşagan orzularga mukkasidan ketgan kişiga muhtoj.  Kassdan taşqari, tahlilçi Bob Lefseltts ham Tim Kukka qarşi fikr bildirdi. Uning işonç bildirişiça, Apple’ga  «kelajakni köra oladigan va kompaniyani öz irodasiga böysindira oladigan» rahbar kerak.

«Tim Kuk özi uddasidan çiqa oladigan, ya'ni ehtiyot qismlarini yetkazib beriş va mehnat unumdorligini nazorat qiliş vazifasiga qaytgani ma'qul. Biznesni boşqariş tarixida bugun yetakçi bölgan kompaniya ertaga eng quyida bölib qolgan hodisalar köp uçraydi», — degan Lefseltts.

Apple kompaniyasi sönggi 13 yil içida ilk marotaba çorak natijalari pasaygani xususida e'lon qilgan edi. Hisobotga köra, ikkinçi moliyaviy çorakda kompaniya daromadi 13 foizga kamayib, 50,6 mlrd. dollarga tuşib ketgan. Bunday salbiy natija Apple’ning asosiy mahsuloti iPhone savdolarining pasayib ketişi bilan boğliq. Şu bois uning sof daromadi 22 foizga kamayib, 10,5 mlrd. dollarni taşkil etgan.