The Information maʼlumotlariga köra, Apple özining birinçi uy robotini faol ravişda işlab çiqmoqda. U ötgan oy taqdim etilgan HomeView smart-displeyining takomillaştirilgan versiyasi böladi.

Kompaniya qurilmani HomeView Ultra yoki HomeView Max deb atamoqda. Prototip aylanuvçi kronşteynga örnatilgan 9 dyuymli ekran bilan jihozlangan bölib, uning dizayni ğayrioddiy tuzilişi va Pixar timsoliga öxşaşligi tufayli xalq orasida «Jobs çiroği» deb nom olgan klassik iMac G4’ni eslatadi.

Gadjet xonadagi muhit bilan mustaqil ravişda işlaşga örgatiladi. Kamera va datçiklar yordamida u, masalan, odam kirib kelganda çiroqni özi yoqişi va hatto muşukni stol ustidan haydab yuborişi mumkin böladi. Naşrda, şuningdek, dasturçilar robotni «atrofdagi buyumlarga tasodifan urilib ketmaslik uçun yetarliça aqlli» qilişga urinayotgani taʼkidlangan.

Qurilmaning apparat bazasi ikki yil avval tayyor bölgan, biroq jamoa içidagi kelişmovçiliklar sababli uni çiqariş keçikmoqda. Işlab çiquvçilar qaysi funksiyalarni birinçi versiyaga kiritiş va qaysilarini ikkinçi avlodga qoldiriş borasida bir töxtamga kelolmayapti. Yangi qurilmani 2027-yilda taxminan 1 ming dollar narxda sotuvga çiqariş rejalaştirilgan, ammo reliz 2028-yilga surilişi ham mumkin.

Avvalroq Apple boşqa robototexnika konseptlarini ham örganib çiqqan, ular orasida ğildirakli yordamçi, uy uçun uçadigan dron va kiyimlarni taxlaydigan manipulyator bor edi. Uşbu qurilmalarning sotuvga çiqiş-çiqmasligi hozirça nomaʼlum.