Apple korporatsiyasi Nvidia’ni ortda qoldirib, dunyodagi eng qimmat kompaniya maqomini qaytarib oldi, deb xabar berdi Bloomberg.

30-oktabr kuni Apple qimmatli qoğozlari 1,2 foizga arzonlaşdi va savdolar yopilişida uning kapitallaşuvi 5,03 trillion dollarni taşkil etdi. Nvidia aksiyalari bundan ham köproq - 4,2 foizga tuşib ketdi va kompaniya 4,93 trillion dollarga baholandi. Bungaça Apple iyul oyi oxirida Nvidia’ni qisqa muddatga ortda qoldirgan edi.

Bloomberg maʼlumotlariga köra, investorlar sunʼiy intellekt xarajatlari bilan boğliq xavotirlar tufayli iPhone işlab çiqaruvçisini xavfsizroq aktiv sifatida körişmoqda. Aksiyalar narxining pasayişi Intel va Amazon’ning zaif hisobotlaridan keyin kuzatildi. Bu natijalar sunʼiy intellektga qilinayotgan xarajatlarning istiqbollari haqidagi savollarni yana bir bor yuzaga çiqardi. Bloomberğning taʼkidlaşiça, Apple bunday sarmoyalardan asosan voz keçgan.

Agentlikning qayd etişiça, Alphabet va Amazon’ning erkin pul oqimi sunʼiy intellekt xarajatlari tufayli manfiy körsatkiçga ötgan. Kompaniyalar qarz bozoridan tobora köproq mablağ jalb qilmoqda, ösib borayotgan foiz stavkalari esa kreditlarni qimmatlaştirmoqda.

Nasdaq 100 indeksi oktabr oyida 6,7 foiz yöqotdi. Bu uning uçun 2025-yil mart oyidan beri eng yomon oy böldi. Sunʼiy intellekt uçun hisoblaş quvvatlarini sotuvçi CoreWeave va Nebius Group aksiyalari bir oy içida 30 foizdan köproqqa arzonlaşdi. Intel oktabr oyida 45 foizdan ortiq qiymatini yöqotdi.

Texnologiyalar bozoridagi investorlarning xavotiri sunʼiy intellekt infratuzilmasiga yönaltirilgan ulkan investitsiya va xarajatlar hozirça korporatsiyalar daromadlarining ösişiga sezilarli taʼsir körsatmayotgani bilan boğliq.