9 may kuni Londonning ICE Futures birjasida iyunda yetkazib beriladigan Brent turidagi neft narxi kötarilib, bir barreli uçun 46 dollardan oşgan.
Bloomberg agentligi xabariga köra, neft narxlarining oşişi Kanadadagi örmon yonğinlari kuçayişi fonida röy berdi. Yonğinlar davom etayotgan Albert viloyatida neft yetkazib beriş hajmi kuniga 1 mln barrelga pasaydi. Şuningdek, narxlar oşişiga Saudiya Arabistonida neft vaziri almaştirilgani ham sabab böldi.
Manbaning ma'lumotiga köra, Saudiya Arabistonida Ali ibn Ibrohim an-Nuyamiyning örniga kelgan yangi neft vaziri Xolid Al-Falah mamlakatda şahzoda Muhammad ibn Salmonning tarafdori hisoblanadi. Şahzoda esa iqtisodiyot diversifikatsiyasi, daromad strukturasida neft eksportining uluşini qisqartiriş, neftga boğliqligi kam bölgan milliy farovonlik jamğarmasi taşkil etiş taşabbusi bilan çiqqan.
Sidneydagi Fat Prophets Fat tahlilçisi Devid Lennoksning ma'lum qilişiça, neft bozoridagi narxlar Kanadadagi yonğinlar tufayli yanada kötarilişi mumkin. Ayni vaqtda yonğinlar Kanadadagi neft yetkazib beruvçi asosiy hududga yaqinlaşmoqda.










