Sovuq uruş «mevasi»
Ikkinçi jahon uruşidan köp ötmay, dunyo siyosiy sahnasida ikkita qutb liderlari AQŞ va SSSR har jabhada, ayniqsa qurollaniş borasida raqobatga kirişadi. Şu tariqa «sovuq uruş» davri boşlanadi. Ikki davlat atom bombasi, turli qurollar, harbiy kemalar, samolyotlarni takomillaştiriş, uzoq masofalarga uçuvçi ballistik raketalar yaratiş, keyinroq kosmosga parvoz qiliş böyiça kimözarga poyga öynaydi.
1960-yillarga kelib navbati bilan kosmosga odam çiqarişdi, 10-15 ming kilometrgaça uçib boruvçi qitʼalararo raketalar yasaldi. Har ikki tomon öz yutuqlarini köz-köz qilişni odatga aylantiradi, ayniqsa SSSR. Sovetlar biror yutuqni «sotsializmning kapitalistik tuzum ustidan ğalabasi» deb talqin qilişni xuş körardi.
Ana şunday şaroitda AQŞ va SSSR kosmosda ustunlikni qölga kiritiş uçun sunʼiy yöldoşlarni yadroviy reaktor bilan jihozlaş ustida iş boşlaydi. Bunday SY orqali raqib floti, suvosti kemalari, aviataşuvçilarni kuzatiş maqsad qilingandi. Dengiz usti va ostini yuqori aniqlikda kuzatuvçi radiolokatsiya uskunalari katta energiya talab qilardi. Öşa davrdagi quyoş panellari bu ehtiyojni qoplay olmas, şu sabab yadroviy reaktor variantiga töxtalişadi.
Yangi poyga
Yadroviy reaktor bilan jihozlangan SYni fazoga birinçi bölib olib çiqiş ham poygaga aylanib ketadi. 1960-yillarning birinçi yarmida SSSR va AQŞ fazoga yadroviy reaktor bilan jihozlangan qurilma çiqariş rejasi ustida işlay boşlaydi. Amerikaliklarning dasturi SNAP (Systems for Nuclear Auxiliary Power) deb nomlanadi. Sovetlar esa bunday turdagi ilk sunʼiy yöldoşga «Romaşka» deb nom beradi.
«Romaşka» sinovdan yaxşi ötganiga qaramay, fazoga çiqişga ulgurmaydi. Bu işni birinçi bölib amerikaliklar amalga oşiradi. 1965-yilda AQŞ yadroviy reaktor bilan jihozlangan birinçi sunʼiy yöldoşini fazoga çiqaradi. SSSR bu işni 1970-yilga kelib amalga oşiradi. Ungaça 1969-yilda yadroviy reaktor bilan jihozlangan ikkita SY parvozdan köp ötmay qulab tuşgandi.
1973 va 1974-yillarda sovetlarning yana ikkita yadroviy reaktor örnatilgan sunʼiy yöldoşi parvoz vaqtida portlab ketadi. Umumiy hisobda SSSRning yadroviy reaktor örnatilgan öntaça sunʼiy yöldoşi avariyaga uçraganiga qaramay, loyiha davom etaveradi.
Boşqaruvni yöqotgan sunʼiy yöldoş
1977-yil sentabrda SSSR Boyqönğir kosmodromidan yadro reaktori bilan jihozlangan SYni fazoga uçiradi. «Kosmos-954» deb nomlangan bu qurilma rasmiy bayonotlarda oddiy ilmiy apparat sifatida körsatilsa-da, AQŞ va ittifoqçilari bu harbiy maqsad uçun uçirilganini bilib turardi. Qurilmaga boyitilgan uran bilan işlaydigan kiçik yadroviy reaktor örnatib, 90 foizgaça boyitilgan 30 kg uran joylaşadi.








