2016 yilning 18 may kuni bölajak «Tovar va xizmatlar eksporti» mavzusidagi amaliy konferensiya hozirgi kunning dolzarb masalalaridan biri bölib turibdi. Bu ayniqsa, mamlakat eksportini kuçaytirişga turtki beriş va rivojlantiriş masalasi kun tartibida turgan bugungi kunda yanada dolzarblik kasb etadi. Ammo, biron maqsadni amalga oşirişda uşbu sohada muvaffaqiyatga erişganlarni biliş foydadan xoli emas. Şu bois, tovarlar va xizmatlarni eksport qiluvçi top-beştalik mamlakatlari havola etiladi. 

5-örin: Niderlandiya

Eksportning asosiy yönalişlari: qişloq xöjaligi, kimyo va elektrotexnika sanoati mahsulotlari, mineral yoqilği;

Asosiy savdo hamkorlari: Germaniya, Belgiya, Lyuksemburg, Angliya, Fransiya, Italiya.

4-örin: Yaponiya

Eksport qilinuvçi mahsulotlari: avtomobillar va ularning butlovçi qismlari, murakkab mikrosxemalar, pölat, yarimötkazgiçlar, kimyo va maşinasozlik sanoati mahsulotlari;

Asosiy savdo hamkorlari: Xitoy, AQŞ, BAA, Avstraliya va Janubiy Koreya.

3-örin: Germaniya

Eksport mahsulotlari: avtomobillar, transport vositalari, metalllar, oziq-ovqat mahsulotlari va ximikatlar, kompyuter texnikasi, töqimaçilik;

Asosiy savdo hamkorlari:  Fransiya, AQŞ, Şveytsariya, Belgiya va Niderlandiya.

2-örin: AQŞ

Eksport mahsulotlari: iste'mool mollari, avtomobillar, neft va mineral yoqilği, elektroapparatura, kompyuter va orgtexnikalar, kimyoviy preparatlar, transport vositalari, uçuvçi va kosmik mahsulotlar, qimmatbaho toş va metallar, plastmassa, farmatsevtika mahsulotlari, organik kimyoviy moddalar;

Asosiy savdo hamkorlari: Kanada, Yaponiya, Meksika, Buyuk Britaniya, Germaniya, Janubiy Koreya, Tayvan.

1-örin: Xitoy

Eksport mahsulotlari: töqimaçilik, tibbiy uskuna va texnikalar, pölat, elektron uskunalar, kiyim-keçak va boşqalar;

Asosiy savdo hamkorlari: Yaponiya, AQŞ, Janubiy Koreya, Germaniya, Niderlandiya, Vetnam, Angliya, Hindiston va Malayziya.

Qayd etiş lozim, 2015 yil yakunlariga köra, Xitoy eksport va internet savdosi hajmi böyiça birinçi örinni egalladi. Bugungi kunda, jahon eksportining 12,5 foizi uşbu davlat hissasiga töğri keladi. XXR tijorat vaziri Gao Xuçenning sözlariga köra, taşqi savdoni yuritiş namunasining zamon talablariga moslaştirilişi eksport hajmining ösişiga turtki bölgan. Şu bilan birga, arzon iş kuçining örni beqiyosdir. 

Özbekiston eksportini mustahkamlaşga hissasini qöşayotgan tadbirkorlar uçun esa 18 may kuni Wyndham Tashkent mehmonxonasida «Tovarlar va xizmatlar eksporti» mavzusida amaliy biznes-anjuman bölib ötadi. 

Unda Dmitriy Diçkovskiy, Igor Kaçalov va Maksimilian Foyedinger kabi mutaxassislar ma'ruza qilişadi. Bundan taşqari, amaliy muhokama doirasida mahalliy tadbirkorlar Xalqaro biznes va texnologiyalar Assotsiatsiyasi kuzatuv kengaşi raisi Hikmat Abdurahmonova Marwin Brands (Dena şarbatlari) kompaniyasi rahbari Alişer Isayev ham özlarining foydali maslahatlarini berişadi. 

Be the Change Group kompaniyasi anjuman taşkilotçisi, AMB vaT hamkor taşkilotçi, CHINA LEASING GROUP boş hamkor hisoblanadi.