Visual Capitalist Stokgolm xalqaro tinçlik tadqiqotlari instituti - SIPRI'ning qurol-yaroğ yetkazib beriş böyiça maʼlumotlari asosida harbiy dron eksportçilari reytingini tuzdi. Unda 2022–2025-yillarda bunday apparatlarni xorijga yetkazib bergan 14 davlat qamrab olingan.

Reytingda AQŞ va Eron katta farq bilan oldinda. Ularning har biri uçinçi örindagi Germaniyaga nisbatan olti barobardan köproq dron eksport qilgan. Germaniyaning körsatkiçi 1 000 ta, törtinçi örindagi Polşaniki esa 690 tani taşkil etgan.

Hisobga olingan umumiy yetkazib berişlarning 97 foizi bir marta qöllanadigan hujumkor dronlar va nişonga urilib portlaydigan barrajlovçi öq-dorilar hissasiga töğri kelgan. Şu bois ayrim qurolli mojarolar doirasidagi taʼminot minglab apparatlarni taşkil etişi mumkin.

Reytingning quyi qismidagi körsatkiçlar ança kam. Sönggi yetti davlat - Çexiyadan Şvetsiyagaça - jami 89 ta apparat eksport qilgan.

Foto: Visual Capitalist

Turkiya esa xaridorlar soni böyiça ajralib turadi. Mamlakat tört yil davomida 28 davlatga harbiy dron yetkazib bergan. Bu reyting qamrab olgan davrda şunday apparatlarni import qilgan 54 davlatning yarmidan köpidir.

Taqqoslaş uçun, AQŞ va Xitoyning har biri 10 tadan davlatga dron yetkazib bergan. Demak, Turkiyaning xaridorlari soni ularning har birinikidan qariyb uç barobar köp.

Turkiya dronlarini olgan davlatlarning 12 tasi Afrikada joylaşgan. Boşqa xaridorlar qatorida NATO aʼzolari - Polşa va Ruminiya, şuningdek, Pokiston, Kuvayt va Ukraina bor.

Reytingni talqin qilişda uning qamrovini hisobga oliş zarur. SIPRI aviatsiya toifasida yuklangan holatdagi vazni kamida 150 kilogramm bölgan dronlarni hisobga oladi. Bir marta qöllanadigan hujumkor dronlar va barrajlovçi öq-dorilar esa institut bazasida raketalar toifasiga kiritiladi.

Statistika faqat sotilgan apparatlardan iborat emas: harbiy yordam sifatida berilgan hamda xaridor mamlakatda litsenziya asosida işlab çiqarilgan dronlar ham hisobga olingan. Kiçik FPV-dronlar va tijoriy apparatlar esa asosan qamrab olinmagan.

Şuning uçun mazkur reyting mamlakatlarning barça turdagi dronlar eksportini yoki eksportdan olgan daromadini emas, belgilangan toifalardagi apparatlar sonini aks ettiradi.