Londonda yaşovçi va PricewaterhouseCoopers (PwC) auditorlik firmasi qabulxonasida kotiba bölib işlagan Nikola Torpdan işxonada poşna tufli kiyişdan boş tortgani uçun öz örnini böşatişini söraşdi. Bu haqda 11 may kuni The Daily Mirror naşri xabar berdi.
Torpning aytişiça, iş vaqtida supervayzer u kamida beş santimetrlik poşna tufli kiyib yurişga majburligini aytgan. Erkak kişilarga tagi yassi poyafzal kiyiş mumkinligi sababli bu talabni tahqirlaş deb atagan 27 yoşli Torpning e'tirozi ustidan kulişdi.

Ayolga yaqin oradagi dökonga yangi tufli olib keliş taklif qilindi, biroq u rad javobini berdi. Şundan keyin undan iş joyini böşatib qöyiş söralgan. Şuningdek, Torpga iş haqi tölanmagan.
Ayol şu voqeadan keyin Parliament.uk saytida iş beruvçilarga xodimalaridan baland poşnalik tufli kiyib yurişni talab qilişni taqiqlaşga çorlovçi arznomani çop etgan. Agar bu taklif 100 ming imzo yiğsa, u mamlakat parlamentida körib çiqiladi. Ayni vaqtda Torpning taşabbusi 20 mingdan köproq ovoz yiğdi.
2015 yil sentabrda musulmon e'tiqodidagi styuardessa Çari Stenli parvoz vaqtida spirtli içimliklarni buyurtma qiladigan yölovçilarga xizmat körsatişdan boş tortgani uçun ExpressJet aviakompaniyasidan böşatib yuborilgan. Ayol AQŞning Bandlik va teng imkoniyatlar muammolari böyiça komissiyasiga iş beruvçining tahqirlaşi yuzasidan şikoyat arizasi topşirdi hamda buni "heç kim mehnat faoliyati va dindan birortasini tanlamasligi kerakligi" bilan izohlagan.











