Loyiha Groupwork arxitektura byurosi va Webb Yates muhandislik kompaniyasi hamkorligida amalga oşirilgan.
Petra Heights Londondagi 317 Finchley Road manzilida joylaşgan bölib, balandligi oltidan ön qavatgaça bölgan uçta alohida blokdan iborat.
Binoning eng ğaroyib jihati - uning asosiy yuk kötaruvçi konstruksiyasi taşqi qismida joylaşgan armaturalanmagan toş panjara-ekzoskelet ekani.
U nafaqat binoga tuşadigan oğirlikni, balki şamol yuklarini ham qabul qiladi. Şu sabab loyihada odatda baland binolarda işlatiladigan beton qattiqlik özagi va beton ustunlar mavjud emas.
Bundan taşqari, konstruksiyada anʼanaviy maʼnodagi pölat armatura ham qöllanilmagan. Toş bir vaqtning özida ham yuk kötaruvçi element, ham fasad vazifasini bajaradi. Şu bois binoga alohida fasad qoplamasi kerak bölmagan.
Qanday toşlar işlatilgan?
Petra Heights karkasi asosan ikki xil vulqon toşidan - Sitsiliya bazalti va Norvegiya larvikitidan taşkil topgan.
Mualliflar bu loyihani arxitektorlar va muhandislarning qariyb 15 yillik tadqiqotlari davomi sifatida körsatmoqda. Ularning maqsadi - tabiiy toş pölat va betonga amaliy hamda nisbatan kam uglerodli muqobil böla olişini isbotlaş.
Manbada qayd etilişiça, pölat va beton işlab çiqariş birgalikda insoniyatning global çiqindilarining taxminan 16 foiziga töğri keladi.
Mutaxassislar hisob-kitobiga köra, Petra Heightsʼda qöllangan toş ekzoskelet texnologiyasi pölat karkasli öxşaş konstruksiya bilan soliştirganda çiqindilarni taxminan 80 foizgaça kamaytiriş imkonini berişi mumkin. Muhimi, ular bu natija qöşimça quriliş xarajatlarisiz erişilişi mumkinligini taʼkidlamoqda.
Şuningdek, mutaxassislar mazkur konstruktiv prinsipni kelajakda 30 qavatli osmonöpar binolargaça masştablaş mumkin, deb hisoblamoqda.
Anʼanaviy materiallardan töliq voz keçilmagan
Şu bilan birga, Petra Heights butunlay toşdan qurilgan emas.
Quriliş maydoni murakkab hududda - temir yöl stansiyasi va olti tasmali Finchley Road avtomagistrali orasida joylaşgan. Şu sabab ayrim anʼanaviy materiallarni saqlab qolişga töğri kelgan.













