Buyuk Britaniya Ukrainaga özining yangi Stone Cloak radioelektron kuraş (REK) tizimiga tegişli intellektual mulk huquqlarini topşiradi. Britaniya OAVning 26 iyul kuni mamlakat boş vaziri Endi Byornem bayonotiga tayanib xabar berişiça, bu qaror Ukrainaga uşbu tizimlarni katta hajmda mustaqil işlab çiqariş imkonini beradi.

Byornem Stone Cloakʼni Buyuk Britaniyaning eng ilğor milliy işlanmalaridan biri deb atagan va tizim front şaroitida sinovdan ötganini ta’kidlagan.

Uning sözlariga köra, mazkur texnologiya Buyuk Britaniya va Ukraina xavfsizligini ta’minlaşda muhim ahamiyat kasb etadi.

Britaniya boş vaziri London Kiyevni qöllab-quvvatlaşda davom etişini ham bildirgan. U Rossiya Buyuk Britaniyaning bu boradagi qat’iyatiga şubha qilmasligi kerakligini aytib, Ukraina uçun «barqaror va adolatli tinçlik»ka erişilmagunça London öz pozitsiyasidan qaytmasligini ta’kidlagan.

Stone Cloak nima?

Stone Cloak - ölçami taxminan noutbukdek bölgan radioelektron kuraş qurilmasi. Buyuk Britaniya avval ham Ukrainaga bunday tizimlarni minglab dona yetkazib bergan.

Xabarda qayd etilişiça, Stone Cloak tizimlari Ukraina dronlarining Rossiya havo hujumidan mudofaa vositalari tomonidan aniqlanişini qiyinlaştiriş maqsadida qöllanadi.

London kelgusida mazkur texnologiyadan Buyuk Britaniyaning yangi uzoq masofali qurollarida ham foydalanişni rejalaştirmoqda. Jumladan, Stone Cloak arzon qanotli raketalar yaratişga qaratilgan Brakestop loyihasi doirasida işlab çiqilayotgan qurollarga integratsiya qilinişi közda tutilgan.

Zelenskiy Byornemning ilk xorijiy mehmoni böladi

27 iyul, duşanba kuni Endi Byornem Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiyni qabul qilişi rejalaştirilgan. Xabarga köra, Zelenskiy Byornem Buyuk Britaniya boş vaziri lavozimiga kirişganidan keyin u qabul qiladigan birinçi xorijiy davlat rahbari böladi.

Byornemning ta’kidlaşiça, Zelenskiyning taşrifi Londonning Kiyevni qöllab-quvvatlaşi «qat’iy» ekanini yana bir bor namoyon etadi.

Taşrif davomida ikki siyosatçi ukrainalik harbiylar tayyorgarlikdan ötayotgan harbiy-dengiz bazasiga borişi kutilmoqda.