Fransiya politsiyasi mamlakat şimolidagi Somma departamentida rekord darajadagi geroin partiyasini musodara qildi. Musodara qilingan giyohvand modda partiyasi oğirligi 260 kg ni taşkil qilgan. Bu haqda Europe 1 radiostansiya xabar berdi. 

Ma'lum qilinişiça, giyohvand modda 12 may kuni keçki payt Flikskur şahridagi sanoat hududida topilgan. Politsiya xodimlari ma'lumotlariga köra, tortib olingan geroinning umumiy qiymati 4 mln yevroni taşkil qiladi. 

Radiostansiyaning ma'lum qilişiça, sanoat hududi xodimi geroinni Eronda röyxatga olingan yuk maşinasidan avtomobil ehtiyot qismlarini tuşirayotganda aniqlagan. Geroin öramlari yuk maşinasi tubiga berkitilgan bölgan.

Voqea joyiga yetib kelgan politsiya öramlarda geroin borligini örnatgan. Topilgan giyohvand moddani ekspertizaga yuboriş rejalaştirilgan.

Politsiya, şuningdek, yuk maşinasi haydovçisini uşlagan.