Fransiyaning yirik şaharlarida 5-noyabr, payşanba kuni yana keng kölamli namoyişlar bölib ötdi. Iştirokçilar eng kam iş haqini oşirişni talab qildi.
Fransiya Içki işlar vazirligi maʼlumotlariga köra, aksiyalarda qariyb 575 ming kişi qatnaşgan. Mamlakatning eng yirik kasaba uyuşmasi - CGT esa iştirokçilar sonini 1,6 million kişi deb baholagan. Namoyişlar butun Fransiya böylab ötkazildi.
448 kişi uşlandi
Fransiya Içki işlar vazirligi Marsel, Nant, Lion, Bordo va Strasburg kabi şaharlarda politsiyaçilarga yuzlab «radikal kayfiyatdagi söl ekstremistlar»dan iborat guruhlar hujum qilganini bildirdi. Dastlabki maʼlumotlarga köra, mamlakat böylab 86 ta öt qöyiş holati qayd etilgan.
Vazirlik, şuningdek, mamlakat böylab maktablarga jiddiy zarar yetkazilgani va taʼlim muassasalari xodimlari jabrlangani haqida xabar berdi.
Jumladan, dpa agentligi maʼlumotlariga köra, Tuluzada tartibsizlik iştirokçilari maktab binosi içiga öt qöygan, sinfxonalarni vayron qilgan va kompyuterlarni yöq qilgan.
Parij yaqinidagi La-Kurnyovda bir yigit maktabni tösib qöyiş aksiyasida iştirok etgan öquvçiga piçoq bilan jarohat yetkazgan. Lillda esa taʼlim muassasasi binosining kiriş qismiga öt qöyilganidan keyin odamlarni evakuatsiya qilişga töğri kelgan.
Kasaba uyuşmalari oylik eng kam iş haqini 100 yevroga oşirişni talab qilmoqda
Fransiya demokratik mehnat konfederatsiyasi (CFDT) rahbari Mariliz Leon soliqlar uşlab qolinganidan keyingi oylik eng kam iş haqini 100 yevroga oşirişga çaqirdi.
«Fransiya - sönggi 10 yilda eng kam iş haqi eng oz oşgan Yevropa mamlakati. Biz iş haqi past bölgan mamlakatga aylandik», - dedi Umumiy mehnat konfederatsiyasi (CGT) rahbari Sofi Bine.
Hozirda Fransiyada eng kam soatlik iş haqi soliqlar uşlab qolinişidan oldin 12,31 yevroni taşkil etadi. Haftasiga 35 soatlik iş vaqtida bu oyiga taxminan 1867 yevroga teng.
Taqqoslaş uçun, Germaniyada 2027-yil yanvaridan eng kam soatlik iş haqi 14,60 yevroga kötariladi.
Oktabr oxirida Fransiyada turmuş keçiriş xarajatlarining oşişi va taʼlim tizimining qoniqarsiz holatiga qarşi ötkazilgan ommaviy namoyişlarda qariyb ming kişi uşlangan edi.











