Istalgan shaklga aylana oluvchi smartfon prototipi
Smartfonlar inson hayotiga ajralmas atribut sifatida kirib kelganiga ancha bo‘ldi. Biroq oradan shuncha vaqt o‘tsa-da, ular to‘rtburchak shaklda, tekis va qoraligini yo‘qotmagan. Barchasi o‘z shaklini o‘zgartirishga qodir yangi qurilmalar yaratilishi bilan o‘zgarishi mumkin.
Bunday qurilma prototipi ustida to‘rtta britan universiteti va Google jamoasi ishlamoqda. Loyiha «Cubimorph» deb nomlanib, qayta moslanuvchi modullar zanjiridan tayyorlangan interaktiv qurilma sifatida namoyon bo‘ladi. Unda smartfonlar tugmasiz odatiy to‘g‘ri to‘rtburchak telefondan portativ o‘yin tizimga aylana oladi.
Ishlab chiqaruvchilarning g‘oyasiga muvofiq, qurilma mustaqil holda foydalanuvchi nima xohlayotganini anglashga harakat qiladi, shundan so‘ng kerakli shaklga aylanadi. Agarda qo‘ng‘iroq qilish kerak bo‘lsa — marhamat, sensor displeyli odatiy to‘g‘ri to‘rtburchak telefon. O‘yin o‘ynamoqchimisiz? Qurilma shunga mos shaklga kiradi.
Ayni damda bo‘lajak qurilmaning asosiy jihatlarini aks ettiruvchi uchta prototip yaratildi: burilish tugmasi, ichki sensor ekran va miniatyurizatsiya. Kerakli tartibda «kubik» bo‘lib yig‘iluvchi motorlashtirilgan tizim hozirda yomon ishlayotgani yo‘q. Shuning uchun uni qayta ishlab chiqarib, sinovdan o‘tkazgandan so‘ng dasturchilar oldida yanada muhimroq muammolarni hal etish vazifasi turibdi: kubiklar hajmini qisqartirish va chokli displey yaratish. Shuningdek, miniatyura ichiga barcha elektron qismlarni qanday qilib to‘ldirish kerakligi haqida bosh qotirish kerak.
Hozircha ishning eng boshlang‘ich qismi boshlangan bo‘lsa-da, shaklini o‘zgartirish uchun hali ko‘p ishlar qilish kerak. Umuman olganda, loyiha amalga oshishiga ishonish juda qiyin, biroq boshlang‘ich natijalarni tomosha qilsangiz bo‘ladi.