Hafta davomida kutilayotgan ob-havo bilan iqlimşunos Erkin Abdulahatov taniştiradi.

Qişloq xöjaligiga taʼsir. Hafta boşidagi keskin soviş, ayniqsa şimol, Qizilqum va toğoldi hududlarida sovuq urişi xavfini oşiradi. Bu issiqsevar ekinlar, keç pişar mahsulotlar va mevazorlarga taʼsir qilişi mumkin. Duşanba kungi yoğingarçilik tuproq namligini oşirsa-da, kuçli yoğinlar dala işlarini qiyinlaştiradi. 7-oktabrdan haroratning kötarilişi qişloq xöjaligi işlari uçun şaroitni yaxşilaydi.

Salomatlikka taʼsir. Sovuq, nam va bulutli ob-havo organizmning moslaşuvini qiyinlaştirişi, ayniqsa yurak-qon tomir va nafas yöllari kasalliklari bor kişilarga taʼsir qilişi mumkin. 6-oktabr kungi tuman köriş masofasini qisqartirib, transport harakatiga taʼsir körsatişi ehtimoli bor. Şamolning susayişi Toşkent va vodiyda havo sifatining vaqtinça yomonlaşişiga şaroit yaratişi mumkin.

Tavsiya: hafta boşida issiqroq kiyiniş, tumanli paytlarda ehtiyotkor böliş va surunkali kasalliklari bor kişilar harorat özgarişiga eʼtibor qaratişlari lozim.