Kornell universiteti muhandislik maktabi professori Rob Şeperd oldiga okeanni örganiş uçun yirik, kam seziladigan suvosti robotini yaratiş vazifasi qöyilgan. AQŞ Harbiy-dengiz tadqiqotlari boşqarmasi buyurtmasi asosida işlab çiqilayotgan qurilma dengiz hayvonlarini hurkitmasdan harakatlanişi kerak.

Şeperd buning uçun tabiatdagi noodatiy namunani - çuqur suvlarda yaşaydigan seld qirolini tanladi. Tasmasimon tanasining uzunligi qariyb sakkiz metrga yetişi mumkin bölgan bu baliq «Qiyomat baliği» laqabi bilan ham maşhur.

Tanasini deyarli qimirlatmasdan suzadi

Uzun tanali dengiz jonzotlarining aksariyati ilonbaliqqa öxşab, butun gavdasini egib harakatlanadi. Seld qiroli esa tanasini deyarli bir holatda uşlab turadi.

Uni oldinga yoki orqaga siljitadigan asosiy aʼzo - orqasi böylab çözilgan uzun suzgiçidir. Uşbu suzgiçda uzluksiz hosil böladigan tölqinsimon harakatlar baliqqa şovqinsiz suziş va yönalişini aniq boşqariş imkonini beradi.

Bu mexanizm qanday işlaşini aniqlaş uçun Şeperd Kornell universitetining sobiq ixtiologi Uilli Bemis bilan hamkorlik qilgan.

Seld qirolining butun va şikastlanmagan namunasini örganiş juda qiyin. Çunki baliq ölganidan keyin uning tanasi odatda mört bölaklarga ajralib ketadi. Şu sababli tadqiqotçilar kompyuter tomografiyasi, Smitson institutidagi rentgen tasvirlari va batafsil anatomik tekşiruvlardan foydalangan.

Teri ostidagi yuzlab «joystiklar»

Tadqiqot davomida olimlar baliq terisi ostida yaşiringan murakkab tabiiy mexanizmni aniqlagan. Orqa suzgiçning yuzlab suyaksimon tayanç nurlari maxsus şarsimon böğimlarga birikkan bölib, ular mitti «joystiklar» kabi işlaydi.

Har bir nur alohida muşaklar va toğaylar tizimi yordamida harakatga keladi. Bu tuziliş suzgiçning har bir qismiga turli yönalişlarda buriliş imkonini beradi.

Nurlarni birlaştirib turuvçi parda esa bir vaqtning özida qarama-qarşi yönalişlardagi harakat tölqinlarini uzata oladi. Natijada baliq tanasini egmasdan, tezligi va harakat yönalişini deyarli bir zumda özgartiradi.

Olimlarning qayd etişiça, tasmasimon suzgiç yordamida suziş usuli evolyutsiya davomida suyakli baliqlarda bir-biridan mustaqil ravişda taxminan ön marta paydo bölgan. Biroq aynan seld qirolida «joystik»ka öxşab buriladigan suzgiç nurlari mavjudligi ilk bor uşbu tadqiqotda hujjatlaştirilgan.