Northrop Grumman kompaniyasining Talon Blue droni Kaliforniyadagi Mojave Air and Space Port aerodromi ustida ilk parvozini bajardi. Uşbu aeroportda Northrop Grumman tarkibiga kiruvçi va eksperimental uçiş apparatlarini işlab çiqarişga ixtisoslaşgan Scaled Composites kompaniyasi joylaşgan. Talon Blue aynan şu kompaniya tomonidan qurilgan.
YFQ-48A Talon Blue özining birinçi töliq avtonom parvozi davomida havoga kötarildi, havoda turli manyovrlarni bajardi va mustaqil ravişda qöndi.
Uçuvçisiz samolyot modulli konstruksiya va zamonaviy işlab çiqariş usullari asosida yaratilgan. Bu yondaşuv detallar soni va apparatning umumiy oğirligini kamaytiriş, işlab çiqariş xarajatlarini pasaytiriş hamda samolyotlarni tezroq tayyorlaş imkonini beradi. Bunda uning jangovar imkoniyatlarini saqlab qoliş közda tutilgan.
Northrop Grumman maʼlum qilişiça, parvoz kompaniyaning avtonom tizimlar sohasidagi 70 yillik tajribasi va avtonom rejimda amalga oşirilgan 500 ming soatdan ortiq parvozlari natijasidir.
Talon Blue Northrop Grummanʼning özi moliyalaştirayotgan Talon loyihasi doirasida işlab çiqilgan. Loyihadan maqsad amaliyotga tayyor avtonom aviatsiya tizimlarini yaratiş jarayonini tezlaştirişdan iborat.
Samolyot konstruksiyasi turli jangovar vazifalarga moslaştiriş imkonini beradi. Yuqorida joylaşgan havo kiriş qismi, keng bazali şassi va korpus içiga örnatilgan qurol bölmasi apparatni AQŞ va uning ittifoqçilari manfaatlariga mos vazifalarda qöllaşga imkon yaratadi.
Talon Blue uçuvçisiz aviatsiya bozori jadal rivojlanayotgan bir paytda sinovdan ötkazilmoqda. Uşbu apparatlar AQŞ Harbiy-havo kuçlarining yuzlab uçuvçisiz maşinalarni xarid qilişni nazarda tutuvçi Increment 2 dasturida iştirok etişi kutilmoqda. Biroq dastur doirasidagi samolyotlarga qöyiladigan aniq talablar hali yakuniy tasdiqlanmagan.

















