Ronaldu örniga Ramuş gol urmoqda, Irlandiya-Isroil öyinida yana mojaro
|12:22 / 05.10.202625 65411 min
Jahon çempionatida şov-şuv kötargan Norvegiya ketma-ket uç bor yutqazib, sönggi öringa tuşib ketdi, Erling Holand Portugaliyaga qarşi öyinni yakunlay olmadi; startdagi tört öyinda faqat bir ğalabaga erişgan Klopp Germaniyasi ham guruhda qolib ketişi mumkin.
Portugaliya ikkinçi özaro öyinda ham Norvegiyadan ustun keldi – 2:1. Skandinavlar ustozi Stole Solbakken oldingi öyinlarda qöpol xatolarga yöl qöygani uçun darvozabon Nyulandni almaştirgandi, ammo bu ham foyda bermadi. Holbuki Norvegiya Martin Edegorning uzatmasi va Ayer töp uçun kuraşda yutib çiqib, fantastik zarbasi yöllaşi orqali hisobda oldinga çiqib olişgandi, ammo portugallar kambek amalga oşirişdi. Hisob oçilganidan ikki daqiqa ötib Jorje Jezuş şogirdlari aut ijrosi orqali raqibni hayron qoldirişdi: Mendeş töpni jarima maydoni içkarisiga emas, taşqarida turgan Joau Kanseluga oşirdi, u esa töpni darvoza töqqizligiga aniq yönaltirdi.
Norvegiyaliklarda ikkinçi bölimda hisobda oldinga çiqib oliş uçun yaxşi imkoniyat yuzaga kelgandi, ammo Erling Holand Ruben Diaş bilan töp uçun kuraşda yutib çiqqanidan keyin yöllagan zarba darvoza sohasiga töğri bormadi. U ikkinçi bölim davomida tanasida noqulaylik his qildi va özini almaştirişni söradi.
Portugaliya esa öz imkoniyatidan foydalandi: 79-daqiqada Vitinya töpni jarima maydonida özini taklif qilgan Joau Felişga yetkazib berdi, u esa töpni bir teginişda qulayroq vaziyatda turgan Gonsalu Ramuşga yetkazdi va Ronaldu örniga asosiy forvardga aylangan futbolçi hujumni aʼlo darajada yakunladi. Statistikaga köra, uşbu futbolçi gol urgan öyinlarda Portugaliya ğalaba qozonişi kafolatlangan (11 tadan 11 ta).
Öyin oxirida hakam ikki darvozaga ham bittadan penalti belgilamadi, Fransişku Konseysau esa hakam bilan tortişgani uçun bir daqiqa içida ikki bor sariq kartoçka olib maydonni tark etdi. Lekin Norvegiya qolgan daqiqalarda son jihatdan ustunlikdan foydalana olmadi va guruhda sönggi öringa tuşib ketdi. Portugaliya Jorje Jezuş boşqaruvidagi törtinçi öyinda ham ğalaba qozondi, şundan uçtasida Kriştianu Ronalduning xizmatlariga ehtiyoj sezilmadi.
Parallel öyinda esa uelsliklar darvozaboni Uord qahramondan antiqahramongaça bölgan yölni bosib ötdi. Birinçi bölim boşidayoq jarohat tufayli jamoa sardori Heybergsiz qolganiga qaramay, daniyaliklar faolroq bölişdi va ketma-ket vaziyatlar yaratişdi. Uord öyin davomida devordek turdi, ikkinçi bölim davomida Hoylund va Isaksen yaqin masofadan turib uni doğda qoldira olmadi.
Ammo aynan u himoyadan çiqişda xato pas berganidan keyin yakkama-yakka vaziyatga çiqib kelgan raqibga fol işlatdi, belgilangan penaltini esa Hoylund aniq ijro etib, öyin taqdirini hal qildi.
Guruhda dastlabki ikki örin egalari pley-offga çiqdi, portugallar 4 öyinda 12 oçko jamğardi va qolgan ikki turdagi natijalardan qatʼi nazar, ikkinçi örindan pastga tuşib ketmaydi. Uçinçi örin egasi (Uels yoki Norvegiya) V ligasidan uçinçi örin bilan çiqqan jamoaga qarşi ötiş öyinida iştirok etadi.
14-noyabr. Norvegiya – Uels, Portugaliya – Daniya. 17-noyabr. Daniya – Norvegiya, Uels – Portugaliya.
Yurgen Kloppning tarkib bilan qilgan tajribasi özini oqlamadi. Ötgan yakşanba kuni Augsburgdagi öyinda Gretsiya nemislarning butunlay boşqa tarkibini mağlub etib qaytgandi. Afinadagi öyinda nemislar butunlay boşqa tarkib bilan harakat qildi, ammo bu safar ham greklarni mağlub etolmadi – 0:0.
Birinçi bölimda Yonatan Burkardt Derri Şerhantning pasidan darvozani işğol etgandi, ammo gol inobatga olinmadi – Tom Bişof hujumning boşlanğiç qismida töpni qöli bilan öynagani maʼlum böldi. Nemislar birinçi bölimda zarbalar soni böyiça yaqqol ustunlikka ega böldi (13:1), ammo ikkinçi bölimda darvoza sohasiga borgan atigi birgina zarba yöllay oldi.
Yurgen Klopp davrida Germaniya hozirça tört öyinda atigi beş oçko jamğardi va Gretsiya darvozasiga 180 daqiqada yöl topa olmadi.
Gretsiya Niderlandiya va Germaniya bor guruhda 4 turdan keyin ikkinçi örinni egallab turibdi. Agar Germaniya qolgan ikki turda vaziyatni önglay olmasa, uçinçi örinda qolişi va A ligada qoliş uçun ötiş öyinlarida maydonga tuşişi kerak böladi.
Niderlandiya uyda guruh autsayderi Serbiyani mağlub etdi – 2:1. Şu kuni terma jamoadagi yubiley 100-öyinida maydonga tuşgan Virjiyl van Deyk birinçi golda iştirok etdi: Ten Kopmeyners jarima zarbasini ijro etganida jamoa sardori darvozabon Vanya Milinkoviç-Saviçni çalğitib berdi. Biroz ötib «Anderleht»ning 19 yoşli forvardi Mixaylo Svetkoviç qanotdan oşirilgan töpni boşda darvozaga yöllab, muvozanatni tikladi. Şundan keyin serblar taşabbusni qölga olişdi va qator xavfli vaziyatlar yaratişdi, ammo hujumlarni yakunlaşda aniqlik yetişmadi.
Mezbonlar esa faqat 71-daqiqaga kelib vaziyatni özgartira oldi. Ruben van Bommel ikkinçi bölimda zaxiradan tuşgan Joşua Zirkzeni qulay vaziyatga çiqardi: «MU» hujumçisi şunçaki töpga teginib qöyişi yetarli böldi. Öyin oxirida serblar kuçli pressing uyuştirişdi, hatto darvozabon Milinkoviç-Saviç bir neça daqiqani raqib jarima maydonida ötkazdi, ammo hisobni tenglaştirişning imkoni bölmadi. Yakunda Niderlandiya birinçi öringa çiqib oldi, Serbiyada hamon birorta oçko yöq.
Irlandiya – Isroil 1:1 Gollar: Perrott, 39 – penalti (1:0). D. Perets, 47 (1:1) Irlandiya: Kelleher, ÖBrayen, Skeyls, Dann, Molumbi, Koventri (Laval, 84), Menning (Began, 84), Nayt, Ida (Ogbene, 69), Moylan (Vata, 69), Perrott Isroil: Sur, Nahmias, Stoinov, Fayngold (Dasa, 78), Revivo, Abada (Solomon, 72), E. Perets (Şua, 78), Azulay (Gandelman, 58), Gluh, D. Perets, Turgeman (Levi, 58) Ogohlantirişlar: Skeyls, 44 – Nahmias, 29. D. Perets, 38. Levi, 90
Irlandiya va Isroil örtasida Serbiyada bölib ötgan ikkinçi öyinda kuçlar teng keldi. Birinçi bölim oxirlarida Jimmi Dann Dor Peretsning folidan keyin penalti işladi, irlandlar töpurari Troy Perrott esa 11 metrdan aniq zarba berdi. Ikkinçi bölim boşida Perets öz xatosini töğrilab, hisobni tenglaştirdi.
Öyinda şu hisob saqlanib qoldi. Irlandiya mediasi yozişiça, tanaffusda jamoalar örtasida kiçik mojaro röy bergan, tortişuv çoğida isroillik futbolçilardan biri Irlandiya milliy jamoasining jismoniy tayyorgarlik böyiça murabbiyi Demen Doylning yuziga tupurib yuborgan.
Öyin yakunlanganidan keyin esa futbolçilar avvalgi öyinda bölgani kabi bir-biriga qöl berişmagan.
Kosovo – Avstriya 1:1 Gollar: Asllani, 70 (1:0). Lang, 85 (1:1) Kosovo: Saipi, I. Krasniçi, Raçi, Dellova, Xöja (Demaku, 81), Avdullahu, Gallapeni, Voyvoda, Zabergya (Raşitsa, 66, Korenitsa, 88), Jegrova (E. Krasniçi, 81), Muriçi (Asllani, 66) Avstriya: A. Şlager, Danso, Baher, Laymer, Poş, K. Şlager, Zayvald (Veber, 77), Şmid (Lang, 62), Prass (Kalayjiç, 62), Vimmer (Gryull, 62), Gregoriç Ogohlantiriş: Dellova, 90
Kosovo va Avstriya öyini durang hisob bilan yakunlandi. 70-daqiqada Fisnik Aslani jarima maydoni taşqarisidan aniq zarba yöllagandi, 15 daqiqa ötib Kristof Lang boşda yöllagan zarbasi bilan muvozanatni tikladi. Uşbu guruhda birinçi örin egasi A ligasiga ötadi, ikkinçi örin sohibi – A ligasidagi uçinçi örin egalaridan biriga qarşi ötiş bahsida iştirok etadi, uçinçi jamoa V ligada qoladi, törtinçisi quyi divizionga tuşib ketadi.
14-noyabr. Kosovo – Isroil, Avstriya – Irlandiya. 17-noyabr. Isroil – Avstriya, Irlandiya – Kosovo.
D ligasi, 1-guruh
Malta – Andorra 1:0 Gol: Teddi Teuma, 49 (1:0)
Malta öz maydonida Andorradan ustun keldi – 1:0. Ikkinçi bölim boşida Teddi Teuma Ilyos Şuarefni aldab ötdi va olis burçakni aniq nişonga oldi. Qolgan vaqt davomida orolliklar hisobdan kelib çiqib öynaşdi – maltaliklar Andorraga heç qaçon yutqazmagan, özaro sakkiz öyindan yarmida ğalaba qozongan.
Ozarboyjon uyda Litvadan ustun keldi – 1:0. Birinçi bölim örtalarida «Saboh» yarimhimoyaçisi Abdula Haybulayev urgan gol yagonaligini saqlab qoldi. Litvaliklar öyin oxirida hujumçi Armandas Kuçisning hakam bilan tortişuvidan keyin ozçilik ham bölib qolişdi.
Endi uşbu ikki jamoadan qaysi biri Lixtenşteynga köproq gol ura olsa, guruh ğolibligini öz qöliga oladi. Ammo uşbu jamoada ham guruh peşqadamligi uçun imkoniyat saqlanib qolmoqda.