Minglab sport muxlislari Kentukki ştatidagi Roysvill şahrida joylaşgan Muhammad Ali nomi bilan ataluvçi madaniyat markazi va muzeyiga kelib, uni yodga olmoqda.

Xabar qilinganidek, şu yilning 3 iyun, juma kuni Muhammad Ali - Kassius Kley 32 yildan ortiq davom etgan Parkinson kasalligidan söng 75 yoşida vafot etdi. Bundan bir neça kun avval salomatligi yomonlaşgan Alini Arizona ştatidagi Finiks şahridagi gospitalga yotqizişgan edi. Muhammad Ali professional ringda 61 ta jang ötkazib, uning 56 tasida ğalaba qozongan, 37 tasini nokaut bilan. Bor-yöği 5 uçraşuvda mağlubiyatga uçragan. U 1960 yilda Rimda ötkazilgan olimpiya öyinlarida çempionlik unvonini qölga kiritgan. 1999 yilda esa Ali “Asr sportçisi” deya e'tirof etildi. Butunjahon boks uyuşmasi Muhammad Alining xotirasini abadiylaştiriş maqsadida bir neçta yodgorlik majmualarini örnatişga qaror qildi. Muhammad Alini dafn etiş marosimi 10 iyun juma kuni Luisvill şahrida bölib ötadi. Ana şu motam marosimi internet tarmoği orqali töğridan-töğri namoyiş etiladi. Dafn marosimida AQŞ sobiq prezidenti Bill Klintonning ma'ruza qilişi kutilmoqda. 

Odatda “Taym” jurnali maşhur odamlarning suratini çop etgan holda naşrning maxsus sonini çiqaradi. Afsonaviy boksçining surati tört marotaba ana şu jurnalning muqovasida çop etilgan. Dastlabki surat 1963 yilda Kassius Kley nomi bilan musobaqalarda qatnaşib yurgan paytda çiqqan edi. Umuman olganda bu jurnalda önlab maşhur şaxslar Uinston Çerçill, Merilin Monro, Marlon Brando, Salvador Dali kabilarning rasmlari çiqqanini köpçilik yaxşi biladi. Çeçeniston rahbari Ramzan Qodirov poytaxt Grozniy köçalaridan biriga uning nomi qöyilişini va Muhammad Ali nomidagi boks zali qurilişini ma'lum qilgan.

Muhammad Ali nafaqat ringda jang qila olgan, balki maşhur Martin Lyuter King, Nelson Mandela kabi maşhur inson huquqlari himoyaçilari va prezidenti kabi inson huquqlari uçun tolmas kuraşçi sifatida ham e'tirof etiladi. AQŞ prezidenti Barak Obama ham Muhammad Alining vafoti munosabati bilan uning yaqinlariga çuqur ta'ziya bildiradi. 

Muhammad Ali 1942 yilning 17 yanvarida Luis Vill şahrida tuğilgan. Dabl-Bi-Ey yönalişi böyiça oğir vaznli boksçilar örtasida uç bor jahon çempioni unvoniga sazovor bölgan. 1964 yili yengilmas deya tan olingan Sonn Listonni nokautga uçratdi. Oradan 3 yil ötgaç, Vetnam uruşida iştirok etişdan va qurolli kuçlar safiga borişdan boş tortganligi uçun 3 yarim yil muddatga musobaqalarda qatnaşiş huquqidan mahrum etildi. Çeklovlar bekor qilingandan söng Muhammad Ali özining asosiy raqibi Jo Freyzer bilan 3 marta jang ötkazib, dastlabkisida yutqazadi, qolganlarini öz foydasiga hal qiladi. Har 3 uçraşuvning bittasida boksçiga 2 yarim million dollardan mukofot puli berilgan. Alining öşa paytda ta'kidlaşiça, öz sport faoliyatida 57 million dollar mablağ işlab topgan.

Muhammad Alining nafaqat Amerikada, balki butun dunyoda millionlab muxlislari bor edi. Yuzlari toş qotişiga, qöllari qaltiraşiga qaramasdan, u 1996 yili Atlantada yozgi olimpiya öyinlari maş'alasini yoqadi. 1998-2008 yillarda YUNISEFning xolis niyat vakili ham bölgan. 2005 yili Prezident Jorj Buş Muhammad Alini “Ozodlik prezidenti” medali bilan taqdirlaydi. Oğir vaznli boksçilar örtasida sobiq jahon çempioni Nikolay Valuyev ham Alining mahoratiga tan bergan çarm qölqop ustalaridan biri sanaladi. Filippinlik Menni Pakyao, amerikalik kiçik Floyd Meyuezer ham Alini öz davrining maşhur sportçisi deya e'tirof etadi. 1974 yili maşhur boksçilardan biri Jorj Forman Alidan Nokautga uçragan bölib, uning ölimidan voqif bölgan bu sportçi özining tvitterida “men undan yaxşilab ta'zirimni yeganimni keçagiday yaxşi eslayman. Insoniyat buyuk insondan judo böldi”, deya qayğuga çömadi Forman.

Hozirgi keksa avlod, qolaversa, uning janglarini videotasvirlar orqali tomoşa qilgan boks muxlislari Muhammad Ali özining ringdagi iştirokini haqiqiy konsert va san'atga aylantirganini yaxşi biladi. Muhammad Ali 1978 yilning 12 iyunida Moskvaga taşrif buyuradi. Şu kuni keçqurun Yuriy Nikulin hamrohligida sirkka keladi. Qizil maydonda yuguriş bilan şuğullanadi. Sobiq Ittifoq rahbari L.I. Brejnev qabulida böladi. Moskva safaridan söng u Toşkent va Samarqandga ham safar uyuştiradi. Toşkentda uni köplab maşhur şaxslar, şu jumladan, 1974 yilgi havaskorlar örtasida jahon çempioni Rufat Risqiyev ham kutib oladi. Unga sizni hamkasbingiz, ya'ni jahon çempioni deya Risqiyevni taniştirişganda, Muhammad Ali “Men faqat professionallar örtasidagi jahon çempionlarini yaxşi bilaman”, deya aytgan ekan. U rafiqasi Veronika bilan qadimiy Samarqand şahrini ziyorat qiladi. Ötgan asrning 70-yillarida poytaxtimizga taşrif buyurgan Muhammad Ali va uning yaqinlarini “Toşkent” mehmonxonasiga joylaştirişadi. Hurmatli mehmon, yurtimizda yetiştirilgan mazali mevalarni, ayniqsa, gilosni tatib körib, bunday mahsulotni dunyoni heç bir hududida iste'mol qilmaganligini tan oladi. Ayniqsa, boksçiga özbek palovi juda ma'qul böladi. Aytişlariça, Muhammad Ali Özbekistondan 4 kiloga semirib yurtiga qaytgan ekan.

Muhammad Ali hayoti bilan boğliq bir neça qiziq ma'lumotlarni taqdim etsak. U tört marta uylangan bölib, uning Sonji Roy, Belinday Boyt, Veronika Porşe va Yolanta Ali ismli rafiqalari bölgan. Alining 9 ta farzandi bölib, 2 tasi öğil va 7 tasi qizdir. Boksçining böyi 1 metr-u 91 santimetr, oğirligi 97 kilogrammni taşkil etgan. Ali özi öynagan filmdagi roli uçun Oskar mukofotini olgan. Boksçi öz sport tarixida 3 marotaba nokdaun holatiga tuşgan bölsa-da, nokautni boşdan keçirmagan. Uning qizi Laylo Ali professional boks böyiça jahon çempioni bölgan. Ali Hollivuddagi şuhrat alleyasiga kiritilgan yagona boksçidir. Janubiy Afrika respublikasining sobiq prezidenti Nelson Mandela qamoqda turib Alining jangini radio reportaji orqali tinglagan ekan. Ali va Bryus Li zarbining tezligi bir xil, ya'ni soniyasiga 120 tani taşkil etgan. Ali bir paytlar qamoqda ham ötirgan. 1968 yili maşinani haydovçilik guvohnomasiz boşqarganligi uçun 10 kun qamalgan. 

Boks afsonasi 10-iyun kuni Luisvilldagi Keyv Xill qabristoniga dafn etiladi.

Azimjon Pölatov