Qirğiziston prezidenti Almazbek Atambayevning fikriça, terrorizm va ekstremizm muammosini kuç işlatiş yöli bilan hal etib bölmaydi.
"Qirğiz Respublikasi terrorizm va ektremizmni kuç işlatib hal etib bölmasligini yaxşi tuşunadi. Biz mamlakatimiz, aholi bilan işlaşning yangi usullarida namuna bölişini xohlaymiz. Bundan taşqari, barqaror dunyoviy davlat qurişda diniy yetakçilar bilan ijobiy hamkorlik qilmoqçimiz", — degan prezident xalqaro aksilterror anjumanida qilgan çiqişida.
Uning qayd etişiça, respublikada duşmanona kayfiyat va murosasizlik körinişlariga qarşi çoralar sifatida ta'lim sohasiga bölgan qaraş özgartirilgan. Maktab dasturlariga, diniy madaniyat böyiça darslar kiritilgan. Diniy ta'lim muassasalari tizimi va me'yorlari işlab çiqilgan.
Prezidentning işonç bildirişiça, davlat idoralari, fuqarolik jamiyatlari va diniy taşkilotlarning qöşma faoliyati diniy ekstremizmga qarşi eng yaxşi muqobil çoradir.
Qirğizistonning Issiqköl sohillarida, MDH aksil terror markazi homiyligida "Zamonaviy kommunikatsion texnologiyalar taraqqiyoti davrida ekstremistik va terroristik faoliyatga qarşi kuraşda xalqaro hamkorlik" mavzusida konferensiya bölib ötmoqda.







