Osiyo mamlakatlarida Germaniya avtomobil işlab çiqaruvçisi bilan boğliq mojaro avj olmoqda. Volkswagen kompaniyasi benzinli dvigatellari çiqaradigan is gazi körsatkiçlariga oid ma'lumotlarni özgartirganlikda gumon qilinmoqda. Janubiy Koreyadagi nemis maşinalari egalari, işlab çiqaruvçi va uning Koreyadagi importeri ustidan sudga murojaat qilgan.

Yonhap axborot agentligining xabariga köra, 26 nafar murojaatçi Volkswagen kompaniyasidan, avtomobil qiymati miqdorida tovon puli talab qilmoqda. Sud maşmaşasi, 3 kun avval, Audi Volkswagen Korea kompaniyasi rahbarlaridan biri hibsga olingaç, boşlandi. U, 1,4 TSI motorli Golf avtomaşinalariga maxsus dastur örnatganlikda gumon qilinmoqda. 

Dastur, maşina çiqarayotgan zararli gazlar miqdorini kamaytirib körsatgan. Şu bilan, 2014 yil oxirida şu turdagi avtomobillarni Janubiy Koreyada sotişga ruxsat olingan. 

2015 yil martidan beri mamlakatda şunday "motor"li 1567ta «golf» sotilgan. Aldangan avtomobil egalari manfaatlarini himoya qilayotgan advokat Jyeyson Xaning aytişiça, vaqti kelib ariza topşirganlar soni köpayişi aniq. 

Eslatib ötamiz, VW Group  AQŞda dizel motorli avtomobillari bilan yuz bergan şu kabi mojaro sabab, 10,2 mlrd dollar tovon tölaşi haqida avval xabar qilingan edi.