Yaponiyaning Toyota avtokonserni uçar maşinaning özgartirilmagani dizayni uçun AQŞ patentini qölga kiritdi. Istiqbolli loyihaning asosiy jihati yiğiluvçi qanotlaridir.
Patent uçun ariza 2014 yili topşirilganiga qaramay, endi e'lon qilinmoqda. Yangi suratlar eskilaridan, «aerokar»ga örnatilgan propeller bilan farqlanadi.
Yaponiya kompaniyasi şunga öxşaş modelni ötgan yilning sentabr oyida ham röyxatdan ötkazgan edi. Yangi uçar avtomobil kuzoviga şakliga özgarişlar kiritilgan. Xususan, kapot uzaytirilgan, orqa ğildiraklar arkasi yopilgan.
Maşinaning uçiş konsepsiyasi öşa-öşaligiça qolgan. Qanotlar avtomobilning kuzoviga yoxud yontomoniga yiğiladi. Haydovçi birgina knopkani bosiş bilan parvoz qiliş tartibiga ötişi mumkin. Uçiş tugagaç, qanotlar yana yiğiladi va avtomobil öz yölida davom etadi.
Hozirça, Toyota "aerokari"ning sinovlari qaçon boşlanişi ma'lum emas. Ayni vaqtda, zamonaviy uçuvçi maşinalar sifatida Slovakiyaning AeroMobil, Germaniyaning ikki fyuzelyajli Carplane hamda Amerikaning Terrafugia kompaniyasining Transition va TF-X loyihalari maşhurdir.








