DW’ning yozişiça, dpa va AFP agentliklari 2-noyabr kuni Berlinda ötkazilgan Xristian-demokratik ittifoq hududiy bölinmalari rahbarlarining yopiq yiğilişi iştirokçilariga tayanib, Mersning rejasi haqida xabar bergan.

Kansler özi rahbarlik qilayotgan partiyaga markazçi siyosiy kuçlar vakili bölgan ayolni yagona nomzod sifatida taklif qilmoqçi.

«Bu aynan ayol bölişi kerak, degan qatʼiy qarorga keldim», - deya Mersning yiğilişdagi sözlarini keltirgan agentliklar.

Maʼlumotlarga köra, kansler uçraşuvda aniq bir şaxsning ismini aytmagan. U nomzodni Xristian-demokratik ittifoq prezidiumining 9-noyabrdagi yiğilişiga qadar taqdim etişi kutilmoqda.

Sotsial-demokratlar Mersning qarorini maʼqulladi

Hukmron koalitsiyada Xristian-demokratik ittifoq va Xristian-sotsial ittifoq blokining hamkori bölgan Germaniya sotsial-demokratik partiyasi Mersning qarorini ijobiy qabul qilgan.

Partiyaning Bundestagdagi fraksiyasi parlament işlari böyiça masʼuli Dirk Vize Rheinische Post gazetasiga bergan intervyusida kansler taklifini qiziqiş bilan kutayotganini aytgan.

Vizening taʼkidlaşiça, u bir neça oydan buyon davlatning eng yuqori lavozimini ayol egallaşi tarafdori bölib kelmoqda. U bunday qarorni qabul qiliş vaqti allaqaçon yetganini bildirgan.

«Fridrix Mers ham endi bu zaruratni tan olayotganidan xursandman», - degan siyosatçi.

Merkel ham ayol prezident saylanişi tarafdori

Avvalroq Germaniyaning sobiq kansleri Angela Merkel ham amaldagi prezident Frank-Valter Ştaynmayerning örnini ayol egallaşi kerakligini aytgan edi.

«Germaniya Federativ Respublikasining 77 yillik tarixi bor, ammo heç qaçon ayol federal prezident bölmagan», - degan Merkel.

Uning fikriça, har kim öziga buning vaqti kelmadimikan, degan savolni berişi kerak.

Ehtimoliy nomzodlar orasida tört ayol siyosatçining nomi tilga olinmoqda

Xristian-sotsial ittifoq rahbari Markus Zyoder bir neça oydan buyon Ilze Aygner nomzodini qöllab-quvvatlab kelmoqda. Aygner Bavariya parlamenti - landtag raisi lavozimida işlaydi.