Ikkinçi jahon uruşidan beri Germaniya siyosiy hayotida katta buriliş röy bermoqda. Germaniya uçun alternativ partiyasi mahalliy saylovlarda tarixiy rekordlarini urmoqda. Rejaga köra, kanslerlik uçun navbatdagi saylov 2029-yilda bölib ötişi kerak, ammo hukumat içkarisida siyosiy inqiroz kuçaysa, saylov undan avvalga köçişi ham mumkin.
Saksoniya-Anhaltda masalan, ultra önglar 44,5 foiz ovoz bilan yetakçilik qildi. Biroq radikal millatçilarning hukumat tuzişi uçun mutlaq köpçilik ovoz olişi talab etiladi. Çunki Germaniyaning hukmron va asosiy partiyalari heç qaçon ular bilan işlamaslikka kelişib olgan. Bu brandmauer texnikasi, yaʼni siyosiy tösiq deyiladi.
Şunday vaziyatda hukumat tuziş uçun öta önglar yoki mutlaq ovoz olişi yoki qaysidir partiya bilan kelişişi lozim.
Kun.uz şu hafta Toşkentda bölgan Germaniya parlament davlat kotibi bilan suhbatlaşarkan, ayni mavzuni ham örtaga taşladi. Statssekretar Özbekiston bilan hozirgaça imzolangan kelişuvlar hukumatda kim bölişidan qatʼiy nazar davom etişiga umid bildirdi.
- Özbekistonga xuş kelibsiz. Sizni bu yerda, Toşkentda körib turganimdan juda xursandman. Özbekiston rasmiylari bilan nimalarni muhokama qildingiz hamda Özbekistonga safardan nima kutyapsiz?
- Germaniya Oziq-ovqat va mintaqaviy özlik masalalari vazirligi delegatsiyasi bu yerda bölişdan mamnun. Menga iqtisodiyot sohasining katta delegatsiyasi, şuningdek, olimlar va amaliyotçilar hamrohlik qilmoqda. Biz qanday qilib yanada jipslaşib işlaşimiz mumkinligi haqida bir qança masalalarni muhokama qildik, şu bilan birga, yaxşi hamkorlik uçun minnatdorlik ham bildirmoqçimiz. Agar ötgan ön yilliklar bilan qiyoslasak, Germaniya va Özbekiston bugun ança yaqin.
- Germaniya bilan ayniqsa qişloq xöjaligida yaqindan işlaş uçun qandaydir tösiqlar bormi?
- Ha, nazarimda, biz avval odamlarni birlaştirişimiz kerak, şundan keyingina bozorlarni ham birlaştiriş imkoni tuğiladi. Agar işlab çiqariş usullariga qarasangiz, masalan, aqlli dehqonçilikni olsak, biz bu yerdagi kompaniyalarimizni, masalan, Claas’ni borib kördik, Lemken va boşqalar ham biz bilan birga. Kelajakka nazar taşlasak, barçamiz bir xil muammolarga duç kelyapmiz, ayniqsa resurslar masalasida - qanday qilib samarali bölişimiz, mahsuldorlikni qanday oşirişimiz mumkin, kelajak uçun qanday yangi texnologiyalar va usullar kerak. Masalan, iqlim özgarişini olsak, bu borada iqtisodiyot sohasida, şuningdek, olimlar bilan hamkorlik qiliş uçun juda yaxşi imkoniyatlarimiz bor. Masalan, bugun biz vinoçilik va ekinlar ekiş böyiça ilmiy-tadqiqot institutiga bordik va kelajakda yaxşiroq natijalarga erişiş hamda hosilni saqlab qoliş uçun umumiy imkoniyatlarni körib çiqyapmiz.














