Xitoy Xalq Respublikasining Pekin, Şanxay va Sian şaharlarida «Özbek kinosi kunlari» festivali ötkazilmoqda. Madaniy tadbirning tantanali oçiliş marosimi 28 iyun kuni Pekin şahrida bölib ötdi. Bu haqda “Özbekkino” Milliy agentligi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Unda Xitoy Xalq Respublikasi Matbuot, noşirlik, radioeşittiriş, kinematografiya va televideniye işlari böyiça Davlat boş boşqarmasi boşliği Çjan Xunsen, China film promotion kompaniyasi rahbari Jiyao Vang Fen hamda «Özbekkino» Milliy agentligi Boş direktori Atabek Musayev boşçiligidagi özbek kinematografçilaridan iborat delegatsiya iştirok etdi.

Festival rejissyor Yolqin Töyçiyev tomonidan suratga olingan «Hayotda...» filmi bilan oçib berildi. Şuningdek, festival doirasida Özbekiston kinoijodkorlari tomonidan yaratilgan “Quduq”, «Vijdon», «Ota», «Tubanlik», «Sehrli qalpoqça» nomli badiiy filmlar xitoylik kinoixlosmandlariga namoyiş etiladi.
Tadbirlar doirasida kinematografiya yönalişidagi aloqalarni yanada mustahamlaş, hamkorlikda kinofilmlar işlab çiqariş, kinematografiya obektlarini modernizatsiya qiliş, texnik va texnologik qayta jixozlaş böyiça Xitoy Xalq Respublikasi Madaniyat vazirligi, Matbuot, noşirlik, radioeşittiriş, kinematografiya va televideniye işlari böyiça Davlat boş boşqarmasi hamda bir qator yirik kinostudiyalar rahbarlari bilan muzokaralar olib boriş közda tutilgan.

Foto:uzbekkino










