Moskva şahrining Vnukovo aeroportida Moskva-Samarqand reysi salonda çekayotgan yölovçi tufayli 1 soatga uşlanib qoldi. Bu haqida TASS agentligi Rossiya huquqni muhofaza qiliş organlari ma'lumotiga tayanib xabar berdi.
Samolyot 1 iyul kuni ertalab parvozni amalga oşirişi kerak edi, lekin ekipaj politsiyaga qönğiroq qilib, salonda çekayotgan va bort kuzatuvçilarini pisand qilmayotgan yölovçi töğrisida xabar qildi.
Voqea sodir bölgan joyga yetib kelgan politsiyaçilar özbekistonlik qonunbuzarni qölga olişdi. Hozirda u politsiya bölimida tergov qilinmoqda.











