Özbekistonda spirtli içimliklarning belgilari borasida yangi talablar qabul qilindi. Özbekiston standartlaştiriş, metrologiya va sertifikatlaş agentligi boş direktori, respublika hududidagi korxonalarda işlab çiqarilayotgan alkogolli içimliklarga belgi qöyiş tartibiga özgartirişlar kiritişga buyruq bergan. 

Buyruq 2016 yil 4 oktabridan kuçga kiradi. Yangi talablarga muvofiq, alkogolli içimliklarning belgilari yuqori sifatli qoğozdan, röyxatdan ötgan poligrafiya korxonalarida işlab çiqarilgan bölişi lozim. 

Bundan taşqari, ularda, belgilarni qalbakilaştirişga qarşi usullar qöllanilişiga yöl qöyiladi. Şu bilan birga, belgilarni xorijdan olib kirişga ham ruxsat beralidi. 

Şuningdek, buyruqqa köra, şişalarda spirtli içimliklar zararidan ogohlantiruvçi sözlar paydo böladi. 

Hujjatda qayd etilişiça, «Alkogolli içimlikni köp iste'mol qiliş asab tizimi va içki organlarning oğir kasalliklariga olib kelişi mumkin» mazmunidagi tibbiy ogohlantiruvçi yozuv, qoğozli belgining 40 foizidan kam bölmagan hududini egallaşi kerak.