Andijon viloyatida 5 kişi spirtlik içimlikdan zaharlanib vafot etdi. Bu haqda viloyat prokuraturasi matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinişiça, 22–26 dekabr kunlari viloyatida 22 kişi Özbekiston aksiz markasi yopiştirilgan «Özbekiston» nomli konyak iste’mol qilgani oqibatida şifoxonaga ötkir zaharlaniş taşxisi bilan yotqizilgan.
Şifokorlar tomonidan körsatilgan zarur tibbiy yordamga qaramasdan, ularning 5 nafari vafot etgan.
Mazkur holat yuzasidan viloyat prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining tegişli moddalari bilan jinoyat işi qözğatilgan.
Mazkur jinoyat işi böyiça dastlabki tergov harakatlari viloyat prokuraturasi tergovçilari rahbarligida tuzilgan viloyat IIB tergov departamenti, IJQK departamenti tergovçilaridan iborat tezkor tergov guruhi tomonidan olib borilmoqda.












