Norvegiya hukumati 2016 yilning yanvaridan şu yilning iyuniga qadar umumiy hisobda 1,6 ming nafar qoçqinni qabul qilgan. Bu ötgan yilning xuddi şu paytdagi körsatkiçlariga qaraganda 64 foiz kam. Bundan taşqari, joriy yildagi körsatkiçlar 1997 yildan beri eng kam  natijani qayd etgan. 

"Birinçi yarim yillik davomida boşpana izlayotganlar soni ötgan yilning oktabr oyida kelgan qoçqinlar sonidan kam bölgan. Şu yilning yanvar oyidan iyungaça bölgan muddatda ötgan yilning xuddi şu davriga nisbatan 64 foiz kam qoçqin qayd etilgan", - dedi Norvegiya Migratsiya boşqarmasi rahbari Frude Forfang.

Uning sözlarini Norvegiyaning Aftenposten gazetasi yetkazdi.

Manbaga köra, mamlakatda qoçqinlar soni kamayganiga qaramay, idorada 2016 yil yakuniga borib, ularning soni qança bölişini oldindan aniq aytiş qiyin.

2015 yil Norvegiya migratsiya xizmatiga 31 mingdan ortiq kişi boşpana sörab murojaat qilgan. Ötgan yilning oxirida Norvegiya hukmati 2016 yil mamlakatda 10, 60 va hattoki 100 ming qoçqin bölişi mumkinligini taxmin qilgandi.