Norvegiya maktablarda planşetlardan foydalaniş böyiça öz siyosatini butunlay özgartira boşladi. Olib borilgan 10 yillik kuzatuvlar va xalqaro tadqiqotlar natijasi şuni körsatdiki, bolalarga erta yoşdan raqamli qurilmalar berilişi ularning öqiş va matnni tuşuniş qobiliyatlarini keskin pasaytirib yuboradi.
Muvaffaqiyatsiz eksperiment
2016-yilda Norvegiya taʼlim tizimida inqilobiy qadam taşlanadi. Mamlakatning katta qismidagi maktablarda 5 yoşli boşlanğiç sinf öquvçilariga bepul iPad va noutbuklar tarqatiladi. Sinfxonalardan anʼanaviy daftar va kitoblar deyarli butunlay siqib çiqarilib, taʼlim 100 foiz raqamli formatga ötkazildi. Biroq, oradan 8-10 yil ötib, bu siyosatning natijasi kutilganining mutlaqo teskarisi effektini beradi.
Öquvçilarning matnni öqiş va tuşuniş qobiliyatini baholovçi PIRLS (Progress in International Reading Literacy Study) tadqiqotlariga köra, norvegiyalik bolalarning körsatkiçlari keskin tuşib ketgan. 2016-yildan (raqamlaştiriş boşlangan davrdan) buyon Norvegiya Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot taşkiloti (OECD) mamlakatlari içida öqiş savodxonligi eng tez yomonlaşayotgan davlatga aylangan.
Norvegiya taʼlim vazirligi va tadqiqotçilarning maʼlumotlariga köra, hozirda boşlanğiç maktabni tugatayotgan 15 mingdan ortiq öquvçi hatto bir neçta gapdan iborat oddiy matnlarni ham oxirigaça öqiy olmaydi va undagi asosiy mazmunni tuşuntirib berişga qiynaladi. Mamlakat miqyosida olinganda esa 500 mingga yaqin odam (aholining qariyb 10 foizi) kundalik hayotda kerak böladigan oddiy matnli maʼlumotlarni masalan, yöriqnomalar, rasmiy xatlar, yangiliklarni öqiş va anglaşda jiddiy qiyinçiliklarga duç kelyapti.
Norvegiyalik öquvçilar örtasida ötkazilgan sörovnomalarda "Kitob öqişni yaxşi köraman" deb javob bergan bolalar foizi dunyodagi eng past körsatkiçlardan birini qayd etgan. Ekranlar bolalarda kitobxonlik madaniyatini butunlay yöq qilgan.
Mutaxassislar nima deydi?
Tadqiqotçilarning taʼkidlaşiça, planşetlar bolalarda matnni diqqat bilan öqiş emas, balki barmoq bilan tezlikda “skroll” qilib (varaqlab) ötiş könikmasini şakllantirdi. Buning oqibatida öquvçilar uzun matnlarni öqişda diqqatini 1-2 daqiqadan ortiq bir joyga jamlay olmaydigan bölib qoldi. Murakkab syujetlar va mantiqiy zanjirlarni eslab qoliş qobiliyati keskin zaiflaşadi.
Bolalar boşlanğiç sinfdan boşlab faqat klaviaturada yozişga örgangani sababli, ularda qöl motorikasi rivojlanmay qolgan. Köpçilik öquvçilar oddiy qalam yoki ruçkani qölda töğri uşlaşni bilmaydi, ularning qölda yozgan yozuvlarini esa öqib bölmaydigan darajaga kelgan.











