Norvegiya hukumati jamoat joylarida, jumladan, xiyobonlar, sohillar, maktablar, bolalar boğçalari va şifoxonalarda örnatilgan sunʼiy intellektga ega közoynakni taqib yurişni vaqtinça taqiqlaşni rejalaştirmoqda.

FT naşrining yozişiça, hukumat 5-oktabr kuni tegişli qonun loyihasi işlab çiqilayotganini eʼlon qilgan. Yaqin kunlarda u parlamentga kiritilişi rejalaştirilmoqda.

«Odamlar bexabar suratga olinişi, videoga tuşirilişi yoki ovozi yozib olinişi xavfini tuğdiruvçi yangi qudratli texnologiyaning joriy etilişi xavotir uyğotmoqda», - dedi Norvegiya raqamlaştiriş va davlat boşqaruvi vaziri Torgeyr Mikaelsen.

Uning sözlariga köra, vaqtinçalik taqiq vaziyatni çuqur tahlil qiliş hamda doimiy qoidalarni işlab çiqiş uçun zarur.

Norvegiya hukumati sunʼiy intellektli közoynakni töliq taqiqlaş haqida gap ketmayotganini taʼkidladi.

FT qayd etişiça, Norvegiya sunʼiy intellektli közoynakdan foydalaniş böyiça çeklovlarni butun mamlakat miqyosida joriy etişga qaror qilgan dunyodagi birinçi yirik davlat hisoblanadi.

Boşqa darajalarda Norvegiyada bunday qurilmalardan foydalaniş allaqaçon taqiqlangan, masalan, Oslodagi maktablarda hamda Equinor neft-gaz korporatsiyasi obyektlarida. Taqiqlar boşqa davlatlarda ham joriy etilgan. Xususan, Meta kompaniyasining sunʼiy intellektli közoynaklarida Angliya va Uels sudlariga kiriş taqiqlangan.