AQŞ davlat kotibi Jon Kerri, Ukraina NATOning tölaqonli a'zosi bölişi uçun köp iş qilişi kerakligini bildirdi, deb xabar qilmoqda «Interfaks».
«Aytmoqçimanki, AQŞ özining «oçiq eşiklar» siyosatiga rioya etib kelmoqda. Biz, ular tayyor bölganida yangi a'zolarni olqişlab qabul qilişga şaymiz. Prezident Poroşenko aytganidek, Ukraina mudofaa sohasida uzoq islohotlar yölida turibdi. Va şunga köra, bu Ukraina — NATO komissiyasi muloqotining uzviy qismidir», — degan Kerri Ukraina prezidenti Petr Poroşenko bilan Kiyevda ötkazgan qöşma matbuot brifingida.
Kerrining sözlariga köra, Poroşenko, Ukraina NATO a'zoligiga ariza topşiriş borasida bir töxtamga kelmaganini ta'kidlagan.











