Iroq hukumati raisi Haydar al Abadi Bağdod şahri xavfsizlik xizmati rahbari Abbud Kanbarni vazifasidan çetlaştirdi, deb xabar qilmoqda Associated Press.

Poytaxt aholisining şahar xavfsizligiga oid norozilik kayfiyati kuçayib borayotgani, hukumatning keskin qaror qabul qilişiga sabab bölgan. Ötgan haftada, Bağdodda amalga oşirilgan xunrezliklarda 290ga yaqin odam qurbon bölgan edi. Rasmiy ma'lumotlarga köra, halok bölganlarning soni 186 nafarni taşkil etadi. 

Al Abadiyning bayonotida, terror tahdidiga qarşi yangi çoralara körilgani ta'kidlangan bölsa-da, ularga oydinlik kiritilmagan. 

Qayd etiş joizki, Kanbar vazifasidan böşatilgaç, bir neça soat ötib, Iroq poytaxtida yana bir terakt sodir etilgan. Şialar maqbarasida sodir etilgan portlaşda 37 kişi halok bölgan.