DW naşri dpa agentligiga tayanib xabar berişiça, Iroq hukumati vakili bu haqda 28-sentabrga ötar keçasi bayonot bergan.
«Barça jangovar bölinmalar va logistika taʼminotini amalga oşirgan kuçlar mamlakatni tark etdi», - degan hukumat vakili.
AQŞ va Iroq Amerika qöşinlarini olib çiqiş böyiça 2024-yilda kelişuvga erişgan edi. Vaşington maʼlumotlariga köra, sönggi yillarda Iroqda qariyb 2 500 nafar AQŞ harbiysi joylaştirilgan.
Amerikaning sönggi bölinmalari Kurdiston mintaqasidagi Erbil şahrida, Bağdod aeroporti yaqinidagi harbiy bazada va poytaxtning hukumat idoralari joylaşgan «yaşil hudud»ida bölgan.
IŞIDga qarşi operatsiya
AQŞ va uning ittifoqçilari 2014-yildan buyon Iroq hamda Suriyada IŞID terrorçilik taşkilotiga qarşi kuraş olib borgan.
Taşkilot har ikki mamlakatda ilgari nazorat qilgan katta hududlarini yöqotgan bölsa-da, uning ayrim yaşirin guruhlari saqlanib qolgan va hamon terrorçilik hujumlarini sodir etmoqda.
dpa qayd etişiça, Erondagi uruş fonida Iroqdagi xavfsizlik vaziyati ham yomonlaşgan. Mojaro davomida mamlakatdagi AQŞ obyektlari va kurd kuçlarining obyektlariga hujumlar uyuştirilgan.
Qurolli guruhlarni qurolsizlantiriş keçiktirildi
Agentlik maʼlumotiga köra, AQŞ qöşinlarini olib çiqiş muddati tugaydigan 28-sentabr kuni Iroqda «Mustaqillik kuni» sifatida bayram tadbirlari ötkazilişi kutilmoqda. Şu kuni barça davlat muassasalari yopiq bölişi aytilgan.
Avvalgi rejaga muvofiq, Amerika qöşinlari çiqib ketişi bilan bir vaqtda Eronga aloqador qurolli guruhlar qurolsizlantirilişi, ularning aʼzolari esa davlat kuç tuzilmalari tarkibiga kiritilişi kerak edi.
Biroq Iroq boş vaziri Ali az-Zaydiy bu çora 2027-yil iyunigaça keçiktirilişini eʼlon qilgan.
Germaniya Erbildagi iştirokini saqlab qolişi mumkin
AQŞ va uning ittifoqçilari 2003-yilda Saddam Husayn hokimiyatini ağdariş maqsadida Iroqqa bostirib kirgan edi. Keyinçalik mamlakatdagi xalqaro harbiy iştirokning asosiy yönalişlaridan biri IŞIDga qarşi kuraş böldi.







