Amerika hukumati, Afrikaning Janubiy Sudan mamlakatida mojarolar yana avj ola boşlagani sabab, poytaxt Jubadagi elçixonasining texnik xodimlarini qaytarişga qaror qildi. Davlat departamenti matbuot xizmati rahbari Jon Kirbining ma'lum qilişiça, mazkur mamlakatda bölgan barça amerikaliklarga öta ehtiyotkor böliş tavsiya qilingan. 

"Amerika tomoni, prezident Salva Kiir va birinçi vitse-prezident Riyek Maşar kuçlari örtasida jangovar töqnaşuvlar qayta boşlanganini keskin qoralaydi", - degan Jon Kirbi. "Biz, ziddiyatli tomonlarning rahbarlari, tarafdorlari va harbiy boşliqlarini harbiy harakatlarni töxtatiş va yangi qontökişlarning oldini olişga çaqiramiz". 

Davlat departamenti matbuot kotibining ma'lum qilişiça, AQŞ Janubiy Sudandagi vaziyat yuzasidan BMT XKning navbatdan taşqari majlisini çaqirgan.