Braziliyalik taniqli qöşiqçi va bastakor Kaetanu Velozu Rio-de Janeyro şahrida bölib ötajak Olimpiada öyinlari oçiliş marosimida qatnaşadi, deb xabar qilmoqda Folha de Sao Paulo gazetasi. Velozu bir neça yirik xalqaro sovrinlar, xususan "Gremmi" mukofoti sovrindori ham hisoblanadi. 

Velozu bilan birga tantanali oçiliş marosimida 2003-2008 yillarda Braziliya madaniyat vaziri vazifasini bajargan musiqaçi Jilbertu Jil va qöşiqçi Anitta ham sahnaga çiqadi. 

Olimpiya öyinlari taşkilotçilari, Olimpiya maş'alasini yoquvçi kişining ismi-şarifini qattiq sir tutmoqda. 

Folha de Sao Paulo naşrining yozişiça, umuman oçiliş marosimi tantanalari 3 soatga yaqin davom etadi. 

XXXI (31-) yozgi Olimpiada öyinlari 2016-yil 5-21-avgust kunlari bölib ötadi. Mazkur sport anjumani tarixda ilk bor Janubiy Amerikada taşkil etilmoqda. Paralimpiada 7-18-sentabr kunlariga belgilangan.