Xalqaro Olimpiya qömitasi (XOQ) 7 may kuni belaruslik sportçilarga qöyilgan barça çeklovlarni olib taşladi va ularga xalqaro musobaqalarga, jumladan, 2028 yilgi Los-Anjyeles Olimpiadasi saralaş turnirlariga qaytiş imkonini berdi.

«XOQ Ijro qömitasi endi belaruslik sportçilarning, şu jumladan jamoalarning xalqaro federatsiyalar va xalqaro sport tadbirlari taşkilotçilari homiyligidagi musobaqalarda iştirok etişiga heç qanday çeklovlarni tavsiya etmaydi», deyiladi xabarda.

2022 yilda Rossiyaning Ukrainaga keng kölamli bosqini boşlanganidan söng, XOQ rossiyalik va belaruslik sportçilar va amaldorlarni xalqaro turnirlardan çetlatişni tavsiya qilgan edi. Yangi qaror Rossiyaga taalluqli emas: unga qarşi sanksiyalar öz kuçida qolmoqda.

2022 yildan keyin Belarusga nisbatan da’volar şundan iborat ediki, mamlakat rahbariyati uruşda Kremlni qöllab-quvvatlagan va uning hududidan Ukrainaga bostirib kiriş uçun platsdarm sifatida foydalanilgan. Endi Belarus sportçilari yana öz bayroği va madhiyasi ostida, şu jumladan jamoaviy sport turlarida iştirok etişlari mumkin böladi. Belarus Milliy Olimpiya qömitasi bu qarorni olqişladi.

Rossiyaning iştirok etişiga qöyilgan taqiq nima böladi?

2024 yilgi yozgi va 2026 yilgi qişki Olimpiada öyinlarida faqat oz sonli rossiyalik va belaruslik sportçilarga iştirok etişga ruxsat berildi - faqat individual yönalişlarda va neytral maqomda, milliy ramzlarsiz.

XOQ xabariga köra, çeklovlarning bekor qilinişi rossiyalik sportçilarga taalluqli emas. Şu bilan birga, sönggi oylarda Rossiyaga nisbatan xuddi şunday qaror keyinroq qabul qilinişi mumkinligi haqidagi taxminlar kuçaydi.

«Rossiya Olimpiya qömitasi bilan vaziyat Belarus Milliy Olimpiya qömitasidan farq qiladi. Belarus MOQ yaxşi maqomda va Olimpiya xartiyasiga rioya qilmoqda», deyiladi XOQ bayonotida.

Şu bilan birga, 14 apreldan boşlab, rossiyalik va belaruslik sportçilarga suv sporti böyiça boş xalqaro taşkilot - World Aquatics boşçiligidagi musobaqalarda öz libosida, milliy bayroqlar va madhiyalar ostida iştirok etişga ruxsat berildi.