38-Xalqaro informatika olimpiadasi 9-16 avgust kunlari Toşkent şahrida bölib ötadi. Olimpiadada 100ga yaqin mamlakatdan 386 nafar öquvçi iştirok etadi.
Milliy matbuot markazida 9–16-avgust kunlari Toşkent şahrida bölib ötadigan 38-Xalqaro informatika olimpiadasi (IOI 2026)ga bağişlangan matbuot anjumani taşkil etildi.
Matbuot anjumanida Özbekiston tarixida ilk bor Xalqaro informatika olimpiadasiga mezbonlik qilayotgani, musobaqaning mamlakatimiz ta’lim tizimi va raqamli rivojlanişi uçun strategik ahamiyati, xalqaro iştirokçilar kölami hamda olimpiadaga tayyorgarlik jarayonlari haqida batafsil ma’lumot berildi.


Olimpiadada 97 dan ortiq mamlakatdan 386 nafar öquvçi iştirok etadi. Delegatsiyalar, xalqaro qömita vakillari, murabbiylar va mehmonlar bilan birgalikda iştirokçilarning umumiy soni 900 nafardan oşadi. Bu esa Xalqaro informatika olimpiadasi tarixida iştirokçi mamlakatlar soni böyiça rekord körsatkiç hisoblanadi.

Şuningdek, Özbekiston milliy terma jamoasini saralaş va tayyorlaş jarayonlari yuzasidan ham ma’lumot berildi. Xususan, terma jamoani tayyorlaş işlari 2025-yil noyabr oyidan boşlab bosqiçma-bosqiç amalga oşirildi. Qozoğiston, Polşa va Ruminiyadan jalb etilgan xalqaro ekspertlar iştirokida 10 ga yaqin öquv-maşğulot yiğinlari taşkil etildi. Öquvçilarning texnik tayyorgarligi bilan bir qatorda ularning psixologik tayyorgarligiga ham alohida e’tibor qaratildi. Hududlardan saralangan 100 nafar öquvçi orasidan 2 ta milliy terma jamoaga 4 nafardan jami 8 nafar öquvçi tanlab olindi.


Qayd etilganidek, Özbekistonda sönggi yillarda raqamli ta’lim, axborot texnologiyalari va sun’iy intellekt yönalişlarini rivojlantiriş böyiça amalga oşirilayotgan izçil islohotlar natijasida mamlakat xalqaro AT maydonida öz mavqeini mustahkamlab bormoqda. IOI 2026 ana şu islohotlarning amaliy natijasi sifatida yoşlarning bilim va salohiyatini namoyon etiş, xalqaro hamkorlikni kengaytiriş hamda mamlakatning texnologik salohiyatini dunyoga namoyiş etişda muhim örin tutişi ta’kidlandi.



















