AQŞ prezidenti Barak Obamaning bayonot berişiça, Minnesota va Luiziana ştatlaridagi voqealardan söng, mamlakat politsiyasi va Amerika xalqi örtasidagi işonçni tiklaş uçun birmunça vaqt talab etiladi, deb xabar qilmoqda RIA “Novosti” agentligi.
«Özgarişlar bir tomon uçun juda tez, boşqalar uçun sekin amalga oşirilayotgandek tuyulişi aniq. Afsuski, mamlakatimiz ulkan va turli xalq va elatlardan iborat ekan, tan oliş kerak, politsiya va aholi örtasidagi keskinlikka şu oy, kelasi oy va balki kelasi yilda, uzoq vaqt mobaynida guvohi bölişimiz mumkin», — degan Amerika yetakçisi.
Uning qöşimça qilişiça, AQŞ hukumati «mavjud muammolarni ijobiy hal etişi lozim».
Eslatib ötamiz, politsiya xodimlari Luiziana ştati Baton-Ruj şahrida va Minnesota ştatida qoratanli kişilarni otib öldirgani norozilik namoyişlarining keskin tusda avj olişiga sabab böldi.











