AQŞ prezidenti Barak Obama AQŞda musulmonlarni terrorçilikka aloqadorlikka tekşiriş ğoyasini "jirkanç" deb atadi.

"Keça Nitstsadagi hujum ortida Amerikaning barça musulmonlari ularning mafkuralarini tekşiriş nişoni bölişlari, ba'zilarini esa deportatsiya qiliş yoki qamoqqa qamaş takiflarini eşitdik. Öz-özidan bunday taklif jirkançdir", deb aytdi Obama Vaşingtonda işlovçi diplomatik missiyalar rahbarlari oldidagi nutqida. 

"Terrorçilik oldida biz hammamiz amerikalikmiz", deb ta'kidlab ötdi Obama.

Obama bunday xavf oldida mamlakat fuqarolari "qörquvga yengilmasliklari" yoki "öz turmuş tarzlarini qurbon qilişlari kerak emasligini" ta'kidlab ötdi. "Biz diniy alomat böyiça ajratişga yöl qöymasligimiz kerak – bu terrorçilar erişmoqçi bölayotgan narsadir. Bu yerda, AQŞda, bizning erkinliklar, jumladan diniy e'tiqod erkinligi bizni kuçliroq qiladi va biz sergak hamda xavfsizligimiz va erkinliklarimizni himoyalaşimiz kerak", deb qöşimça qildi Obama.

Avvalroq AQŞ prezidenti lavozimiga nomzod Donald Tramp AQŞga musulmonlar uçun kirişni çeklaş haqidagi ğoyani bildirgandi.