Şvetsiya terrorçilar uçun ustuvor nişonga aylandi, şu sababli terrorçilik xavfi darajasi 4 ga oşirildi (eng yuqori daraja 5 hisoblanadi). Bu haqda Şvetsiya Davlat xavfsizlik xizmati xabarida aytiladi. 

«Tahdid darajasi beş balli şkala böyiça törtinçiga çiqarildi. Terrorçilik tahdidi darajasining oşişi barça tegişli xizmatlar uçun terakt xavfini kamaytiriş böyiça çora-tadbirlar bilan işlaşni davom ettiriş muhimligi töğrisida signal bölişi kerak», deyiladi bayonotda. 

Departamentning ta’kidlaşiça, terrorçilik tahdidi darajasining oşişi heç qanday aniq hodisa bilan boğliq emas. 

Xavfsizlik politsiyasi boşliği Şarlotta fon Essen sözlariga köra, «Şvetsiya terrorçilik hujumlari uçun tabiiy nişondan ustuvor nişonga aylandi. Endi bu tahdid uzoq vaqt davom etadi, deb işoniladi». 

Yozda Şvetsiya va Daniyada Qur’onni yoqiş bilan boğliq bir qança aksiyalar bölib ötdi. Xususan, Qurbon hayiti nişonlanadigan 28 iyun kuni Stokholmda Iroqdan kelgan 37 yoşli muhojir Salvan Momika Qur’on sahifalarini yirtib taşlab, yoqib yubordi. Bu harakat Bağdoddagi Şvetsiya elçixonasi oldida dindorlarning noroziliklariga sabab böldi. Yiğilganlar Qur’onni yoqib yuborgan muhojirni Iroqqa qaytarişni talab qilişdi. Keyin namoyişçilar elçixona hududiga bostirib kirişdi.