Turk kuch bo‘linmalari mamlakatda davlat to‘ntaruviga urinishdan keyin boshlangan tergov doirasida isyonchilarning taxminiy yetakchisi, Turkiya harbiy-havo kuchlarining sobiq bosh qo‘mondoni general Akin O‘ztyurkni qo‘lga oldilar, deb xabar bermoqda Dogan axborot agentligi.

Oxirgi ma'lumotlarga ko‘ra, Turkiyadagi to‘ntaruv vaqtida kamida 256 kishi halok bo‘lgan.