Hodisa joyida olingan suratlarda bir neçta avtomobil paçoqlangani körinadi. Toşkent şahri hokimligi hodisa oqibatida bir kişi yengil jarohat olganini maʼlum qildi. Unga tez tibbiy yordam körsatilgan.
Issiqlik taʼminoti korxonasi – Veolia Energy hodisa joyiga avariya-tiklaş brigadasi va mutaxassislari yetib borganini, hodisa tafsilotlari va öpiriliş sabablari örganilayotganini maʼlum qildi. Kompaniyaga köra, heç qanday sizib çiqiş holati aniqlanmagan.

«Hududgaz Poytaxt» gaz taʼminoti filiali mazkur hududdan yuqori bosimli gaz quvuri ötmagani hamda sodir bölgan hodisa tabiiy gaz tarmoqlari bilan boğliq emasligini, örganişlar davomida gaz sizib çiqişi bilan boğliq holatlar aniqlanmaganini bildirdi.
«Toşkent şahar suv taʼminoti» AJ avariya içimlik suvi tarmoqlariga tegişli emasligini, u issiq suv tarmoğida yuzaga kelganini maʼlum qildi.
Glinka köçasining Şota Rustaveli köçasiga olib çiquvçi qismida transport vositalari harakati vaqtinça töxtatildi.












