Apple ikkita iPhone’da bitta eSIM’dan foydalanişga ruxsat beradi - bu imkoniyat iOS 27 tizimida iPhone Handoff funksiyasi tufayli paydo böladi. U haqda ilk bor WWDC 2026 anjumanida söz yuritilgan, biroq kompaniya tafsilotlarni oşkor qilmagandi.
Endi MacRumors naşri tafsilotlar bilan örtoqlaşdi. Unga köra, funksiya faollaştirilganda, asosiy iPhone özidagi SIM-kartani saqlab qoladi, ikkinçisiga esa alohida nusxalovçi versiya biriktiriladi. Bu bitta raqamni saqlagan holda gadjetlar örtasida tezda almaşiş imkonini beradi.
Aloqa sozlamalari asosiy qurilmada qoladi, geolokatsiya esa ayni paytda raqamdan foydalanilayotgan iPhone orqali aniqlanadi. Funksiyani «Sozlamalar» → «Uyali aloqa» menyusi orqali yoqiş mumkin böladi.
Biroq iPhone Handoff işlaşi uçun mobil aloqa operatorlari tomonidan qöllab-quvvatlanişi kerak. Dastlabki maʼlumotlarga köra, uni birinçi bölib T‑Mobile (AQŞ) va Germaniyadagi Deutsche Telekom mijozlari faollaştira oladi.
iOS 27 taqdimoti oy oxirida kutilmoqda, kelasi hafta esa Apple kompaniyasi iPhone 18 Pro, iPhone 18 Pro Max va buklanadigan iPhone Ultra’ni taqdim etadi.












