Germaniyaning Audi kompaniyasi, tadqiqot va işlanmalar uçun taqsimlagan byudjyetining 1/3 qismini elektromobillar, raqamli xizmatlar va maşinalarni muqobil boşqariş tizimlari sohasiga yönaltiradi, deb xabar qilmoqda Reuters agentligi öz manbalariga tayangan holda. 

Audi ijroçi direktori Rupert Ştadler, avtomobilsozlik kompaniyasining 20-iyul kuni bölib ötajak yopiq majlisida yangi rejasini oşkor qilişi kutilmoqda. Reutersning qayd etişiça, nemis avtokompaniyasi 2025 yilga kelib, sotilgan avtomobillarining çorak qismi elektromobillarga töğri kelişini xohlamoqda. 

Avval xabar berilganidek, Audi 2018 yildan boşlab har yili, xöjalik elektr tarmoğidan quvvatlanadigan bittadan elektromobil yoki gibrid maşina taqdim etişni rejalaştirgan. Bu borada, Q6 e-tron krossoveri birinçi böladi. 

2015 yil sentabr oyida Frankfurtda namoyiş etilgan elektrli yöltanlamas 435 ot kuçiga ega. U, joyidan qözğalganda 4,6 soniyada soatiga 100 km tezlikka erişa oladi. Batareya quvvati 500 kmga yetişi kerak.