Milliarder Donald Tramp rasman Respublikaçilar partiyasidan AQŞ prezidentligiga nomzod bölişga rozilik bildirdi, deya xabar qilmoqda Fox News.

«Men rozilik va taşakkur bilan Qöşma Ştatlar prezidentligi uçun mening nomzodimni ilgari surganingizni qabul qilaman», — deb murojaat qilgan Tramp safdoşlariga partiyaning Klivlend şahrida bölib ötayotgan s'yezdida. 

Qayd etiş joizki, Trampning s'yezdda qilişi lozim bölgan ma'ruzasi OAV ixtiyoriga avvalroq kelib tuşgani bois, uni Politico va The New York Times naşrlari çop etişga ulgurgan. 

Trampning aytişiça, mamlakat jinoyatlar va zöravonliklarga duç kelayotgan bir vaqtda, siyosiy jihatdan bosiq böliş juda qiyin. U şuningdek, 2017 yili yanvaridan xavfsizlik tiklanişiga va'da berdi. 

Bundan taşqari, milliarder mamlakat taşqi siyosatining barbod bölişida prezident Barak Obama va Demokratik partiyadan prezidentlik uçun nomzodlardan biri Hillari Klintonni ayblagan. Şu bilan birga, sobiq davlat kotibasining elektron poçtasi bilan boğliq maşmaşani yana bir bor yodga oldi. 

Avvalrq, Texas ştati senatori Ted Kruz, Respublikaçilar s'yezdida çiqiş qilib, özining Trampni qöllab-quvvatlaşdan boş tortganiga izoh bergan edi.