Karnegi-Mellon Universiteti tomonidan ötkazilgan yangi tadqiqot inson miyasining murakkab matematik misollarni yeçişda qanday işlaşini körsatdi. Olimlar bunda neyrovizualizatsiya – turli uslublar yordamida miyaning tuzilma, funksiyalar va biokimyoviy xususiyatlarini vizuallaştirişga muvaffaq böladigan yondaşuvdan foydalanişdi. Tadqiqotga doir tafsilotlar Psychological Science jurnalida taqdim etilgan. 

Tadqiqotning yetakçi muallifi Jon Anderson anglaş umumiy nazariyasini işlab çiqib hamda uni saboq berişda qöllab, ançadan beri ta'lim sohasida inqilob qilişga harakat qiladi. Uning fikriça, hozir şunga maksimal darajada yaqin. Uning ilmiy işidagi xulosalaridan yangi öquv dasturlarini yaratişda foydalaniş mumkin.

Mazkur tadqiqotda 80 nafar köngilli iştirok etdi. Ularga matematik misollarni yeçimini topiş taklif qilindi, bu paytda ularning miyasi funksional MRT yordamida skanerga tuşirildi. Olingan ma'lumotlar tahlili şuni körsatdiki, yeçimni izlaş törtta bosqiçdan iborat – kodlaş, rejalaştiriş, yeçim va javob. Har bir bosqiç murakkablik darajasiga qarab davom etgan: uzoq hisob-kitobni talab qilgan misollarda eng uzoq vaqt yeçim bosqiçiga sarflangan, tayyorgarlikni talab qiluvçi misollarda – rejalaştiriş bosqiçi. 

Olimlarning sözlariga köra, fikrlaşning asosini taşkil qiluvçi jarayonlarning ketma-ketligini tuşunib yetiş öqitişning yangi usullarini yaratişda yordam beradi.