1871-yilda fransuz biologi Alfons Miln-Edvards ilgari fanga maʼlum bölmagan ulkan turnani alohida yöqolib ketgan tur sifatida tavsiflagan. Unga Grus primigenia nomi berilgan.
Olim bu quşning toşqotgan suyaklarini Fransiya janubidagi bir neçta ğordan topgan. Ular hozirgi turnalarning xuddi şunday suyaklariga nisbatan ança yirik bölgan. Qoldiqlar keçki pleystotsenga, yaʼni sönggi muzlik davrining oxiriga - taxminan 20 ming–11,7 ming yil avvalgi davrga mansub edi.
Keyinçalik şunga öxşaş yirik turna suyaklari Yevropaning boşqa hududlaridan ham bir neça bor topilgan. Biroq ular aynan qaysi turga tegişli ekani haqidagi bahslar uzoq vaqt davom etgan.
Olimlar bir neçta taxminni ilgari surgan. Ayrim mutaxassislar bu suyaklar hozir ham mavjud bölgan hind turnasi - Antigone antigone yoki oq turna, yaʼni sterx - Leucogeranus leucogeranusga tegişli bölişi mumkinligini aytgan. Boşqa farazga köra, qoldiqlar oddiy kulrang turnaning - Grus grusning juda yirik vakillariniki bölgan.
Buyuk Britaniyadagi Bornmut universitetining evolyutsion paleoekologiya professori Jon Styuart boşçiligidagi xalqaro guruh yangi tadqiqotda aynan sönggi taxminni quvvatlovçi dalillarni topdi. Natijalar Royal Society Open Science jurnalida eʼlon qilindi.
Tadqiqotçilarning xulosasiga köra, Grus primigenia deb atalgan qadimgi ulkan turnani alohida yöqolib ketgan tur deb hisoblaşga asos yöq. Örganilgan suyaklar bugun ham Yevropada uçraydigan kulrang turnaning yirik vakillariga tegişli bölgan.
Avvalgi işlar asosan suyaklarning ölçami va şaklini taqqoslaşga tayangan. Yangi tadqiqotda esa olimlar Şvetsiyaning Stokgolm şahridagi Paleogenetika markazi bilan hamkorlikda qadimiy DNKni tahlil qilgan.
Buning uçun Angliya, Uels, Fransiya, Germaniya va Balear orollaridan topilgan 18 ta suyak namunasi örganildi. Ularning bir qismi keçki pleystotsenga, boşqa qismi esa sönggi golotsenga mansub bölgan. Sönggi golotsen taxminan 4200-yil avval boşlangan va hozirgaça davom etayotgan davrni qamrab oladi.
Genetik tahlil barça namunalar Grus grus, yaʼni kulrang turnaga tegişli ekanini körsatdi. Ular orasida hozirgi kulrang turnalardan yirikroq quşlar ham, ölçami bugungi vakillariga mos keladiganlari ham bölgan.
Olimlar qadimiy DNK yordamida quşlarning jinsini ham aniqladi. Bu muhim edi, çunki hozirgi kulrang turnalarda erkak va urğoçi quşlarning gavda ölçami sezilarli farq qiladi: erkaklari urğoçilaridan ança yirik böladi. Fanda bu xususiyat jinsiy dimorfizm deb ataladi.











