Amerikalik sarmoyador Uorren Baffetning fikriça, AQŞ prezidentligi uçun Respublikaçilar partiyasi nomzodi Donald Tramp öz soliq hisobotini e'lon qilişdan qörqadi, deb xabar qilmoqda Blumberg agentligi.
Nebraska ştatining Omaxa şahrida çiqiş qilgan Berkshire Hathaway kompaniyasi rahbari, respublikaçi milliarderni prezidentlikka nomzodlarning soliq hisobotini e'lon qiliş an'anasini buzişda aybladi.
"Har doim qörqadigan narsang bölsa, albatta qörqasan", — degan Baffet.
"U, IRS (AQŞ soliq boşqarmasi)dan emas, u sizdan qörqadi", — deya sarmoyador tinglovçilarga murojaat qilgan.
Baffet prezidentlikka nomzodni "saylovgaça istalgan vaqtda, istalgan yerda uçraşib", soliq hujjatlarini oşkor qiliş va qiziqqan insonlarning savollariga javob berişga undagan.
Bundan avval, Tramp prezidentlik saylovigaça soliq deklaratsiyasini e'lon qilişdan boş tortgan edi.
Milliarder, köp hollarda özining xayriya işlarini e'lon qilmay, jamğarmasi orqali emas, xususiy kişi sifatida ehsonlar qilişini ta'kidlagandi.











