London köçalarida 3 avgust kunidan boşlab qurollangan politsiya xodimlari köpayadi. Bu haqida London meri Sodiq Xon va şahar politsiyasining boşliği ser Bernard Xogan-Xou ma'lum qilişdi.
Yevropada tez-tez ekstremistlar hujumlari amalga oşirilayotgani uçun şahar hokimiyati şunday çora körişga majbur böldi.
“Germaniya, Belgiya, Fransiyaga ketma-ket hujumlar uyuştirildi, bizning bu dalillarni inkor qilişimiz aqlsizlik bölar edi. Şu bois köçalarda tahdidga munosib javob qaytara oluvçi qurolli politsiyaçilarning bölişi juda muhim”, - deya ma'lum qildi Xogan-Xou.
Uning sözlariga köra, qurollangan politsiyaçilar şaharning ba'zi tumanlarini keça-yu kunduz qöriqlaşadi. Bu birinçi navbatda, sayyohlik obidalari va odamlar köp töplanadigan joylarga tegişli.
“Londonliklar politsiya va xavfsizlik xizmati xodimlari ularning osoyiştaligini ta'minlaş uçun har tomonlama harakat qilişayotganiga işonç hosil qilişlari kerak”, - deya ma'lum qildi London meri Sodiq Xon.
Bundan avval köçalardagi qurollangan politsiyaçilar sonini 600 kişiga köpaytiriş rejasi haqida xabar qilingandi.











