Özbekiston Prezidentining 2009-2014 yilgi bolalar musiqa va san'at maktablari texnik bazasini yanada mustahkamlaş çora-tadbirlari töğrisidagi qarori yuzasidan Ellikqal'a tumanidagi Böston şahri markazida joylaşgan 18-sonli bolalar musiqa maktabi yangidan qurib bitkazilib, 2014 yilning 28 sentabr kuni foydalanişga topşirildi. 2014-2015 yangi öquv yilida uşbu maktabga 85 nafar öquvçi 1-sinfga qabul qilindi va jami öquvçilar soni 153 nafarga yetdi.
2014 yil “Kamalak bolalar ijodiyoti festivali”ga maktabimizning bir neça iste'dod egalari qatnaşib, Qoraqalpoğiston Respublikasi bosqiçida faxriy yorliqlar bilan taqdirlanişdi. 2015 yilning 27 fevral kuni Nukus şahri 12-son bolalar musiqa va san'at maktabida bölib ötgan Özbekiston Xalq şoiri Zulfiya tavalludining 100 yilligi munosabati bilan “Zamonimiz köyçisi” nomli Respublika tanlovida Aliyeva Nursuluv 3-darajali diplom bilan taqdirlandi.
10 yanvar kuni maktab öquvçilarining yarim yillik hisobot konserti juda ham kötarinki ruhda böldi, nafaqat tumanimizdan, balki qöşni Törtkul va Beruniy tumanlaridan ham mehmonlar taşrif buyurdi.

Maktab öquvçilari 2015 yilning aprel oyida Toşkent şahrida “Keksalarni e'zozlaş yili”ga bağişlangan “Navröz sadolari” I xalqaro köpovozli milliy çolğu ansambl va orkestrlar festivalida III-darajali diplomga ega bölişdi.

Şuningdek, aprel oyining 25-26 kunlari Toşkent şahrida bölib ötgan “San'at ğunçalari” Respublika tanlovida estrada bölimi 7-sinf öquvçisi Aliyev Denis Ali öğli rağbatlantiruvçi diplom bilan taqdirlandi. Kontsert dasturi bölişi bilan bir qatorda 14 nafar bitiruvçi öz guvohnomalariga ega bölişdi.
2015 yil 8 iyun kuni Toşkent şahrida ötkazilgan bolalar musiqa va san'at maktablari öquvçilarining san'at yönalişi böyiça Respublika tanlovida amaliy san'at bölimi 1-sinf öquvçisi Şermatov Sanjar mamlakat bosqiçida I darajali diplom va laureatlik unvoniga ega böldi.

2016 yil “Kamalak yulduzlari” bolalar ijodiyoti festivalida Şirmatov Sanjar Qoraqalpoğiston Respublikasi bosqiçida 1-darajali diplom bilan taqdirlanib, mamlakat bosqiçiga yöllanma oldi.
2016 yil “Kamalak yulduzlari” bolalar ijodiyoti festivalida xoreografiya bölimi öquvçisi Komilova Dilnura Koraqalpoğiston Respublikasi bosqiçida 1-darajali diplom bilan taqdirlanib, mamlakat bosqiçiga yöllanma oldi.
25 mart kuni Nukus şahrida “Akademik va estrada ijroçiligi” böyiça ötkazilgan Qoraqalpoğiston Respublikasi bosqiçida Estrada xonandalik bölimi 5-sinf öquvçisi Soburov Oğabek Ergaş öğli 2-darajali diplom bilan taqdirlandi.
Şu yilning 2 aprel kuni Nukus şahri 1-sonli bolalar musiqa va san'at maktabida ötkazilgan Bolalar musiqa va san'at maktablari öquvçilarining “Akademik va estrada ijroçiligi” Respublika tanlovi bölib ötdi va bu tanlovda an'anaviy xonandalik bölimi 4-sinf öquvçisi Xojahmedov Şerxon Jumanazar öğli 2-darajali diplom taqdirlandi.
2015-2016 öquv yiliga bahorgi arizalar qabuli 25 apreldan 25 maygaça, maslahat darslari 26 maydan 28 maygaça, qabul sinovlari 29 maydan 1 iyungaça bölib ötdi.
Jumladan, yozgi arizalar 25 iyundan 25 avgustgaça, maslahat darslari 26 avgustdan 28 avgustgaça va 29 avgustdan 30 avgustgaça qabul qiliş sinov imtihonlari olindi.

Yoşlarda Bolalar musiqa va san'at maktabiga bölgan iştiyoq sabab “Guldursun” OFY va “Toza-boğ” OFYda yaşovçi ota-onalardan 100ga yaqin ariza tuşdi. Ota-onalarning arizalarini, öquvçilar qiziqişini, san'atga, musiqaga, Vatanga bölgan mehr-muhabbati, sadoqatliligini, öquvçilarni bilim oliş uçun şart-şaroitlarni inobatga olib 2015 yil 28 avgustdagi tumanimiz hokimining qaroriga asosan “Toza-amirobod” OFYda xalq ta'limi muassasalarini metodik ta'minlaş va taşkil etiş bölimiga qaraşli 24-son umumta'lim maktabida 1-filial va “Guldursun” OFY 30-son umumta'lim maktabida esa 2-filial taşkil qilindi. 18-son bolalar musiqa va san'at maktabi filiallari ya'ni 1-filialiga 42 nafar öquvçi, 2-filialiga 40 nafar öquvçi jami maktabning 1-sinfiga 172 nafar öquvçi qabul qilindi. Öquvçilarining umumiy soni 264 nafarga yetgan maktabimizning iste'dod egalari hozirda 11 ta oliy, 21 ta örta maxsus öqituvçi-ustozlaridan ta'lim-tarbiya olib, musiqa va san'at sirlarini örganib kelişmoqda.






Ellikqal'a tuman 18-son Bolalar musiqa va san'at maktabi direktori Rahmatjon Saidov.











